Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sazkar xonim (usmonli turkcha: سازکار خانم‎‎ – „muvaffaq“; asl ismi – Fatma Zekiye Maan; 1873-yil 8-mayda tugʼilgan – taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target

Sazkar xonim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sazkar xonim
Tugʻilishi Zekiya Maan
8-may 1873-yil
Kayalar, Adapazarı, 
Istanbul, Usmoniylar davlati
Vafoti tax. 1945 (yoshi 7172)
Damashq, Suriya
Dafn etilgan joy
Sulaymoniya takyasi qabristoni, Damashq, Suriya
Turmush oʻrtogʻi
Abdulhamid II
(turm. 1890; vaf. 1918)
Farzandlari Rafiya Sulton
Toʻliq nomi
turkcha: Fatma Zekiye Sazkar Hanım
usmonli turkcha: سازکار خانم
Uy Maan (tugʻilganda)
Usmoniylar (turmush orqali)
Otasi Rajab Bata Maan
Onasi Rukiya Havva Hanim
Dini Islom, sunniylik

Sazkar xonim (usmonli turkcha: سازکار خانم – „muvaffaq“; asl ismi – Fatma Zekiye Maan; 1873-yil 8-mayda tugʼilgan – tax. 1945-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning toʻqqizinchi xotini.

Yoshligi

Sazkar xonim 1873-yil 8-may kuni Istanbulning Adapazari shahri Kayalar deb nomlanuvchi hududida tugʻilgan. Asl ismi Fatma Zekiya Maan boʼlib, abxaziyalik zodagon Maan sulolasiga mansub edi. Otasi Rajab Bata Bey Maan, u esa Usmon Bey Maanning oʻgʻli, Kats Bey Maanning nabirasi edi. Onasi abxaziyalik Ruqiya Havva xonim Mikanba boʼlgan. Fatma Zekiye Maan sulton Abdulhamidning 12-xotini Behice xonimning jiyani edi.

Fatma Zekiye Maan saroy haramiga Çorlulizade Mahmud Jaloliddin poshoning abxaziyalik xotini Bidar xonim tomonidan taqdim etilgan. U boʻychan, malla sochli, och koʻk-yashil koʻzli ayol boʼlgan.

Nikohi

Sazkar xonim 1890-yilda Yıldız saroyida Abdulhamidga turmushga chiqqan va unga „Bosh Iqbol“ unvoni berilgan. Ularning nikohidan 1 yil oʻtib, 1891-yil 15-iyunda Sazkar oʼzining yagona farzandi, qizi Rafiya Sultonni dunyoga keltirgan. Sazkar xonim Abdulhamid II ning xotinlaridan biri Peyveste xonim bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan.

1909-yil 27-aprelda Abdulhamid taxtdan agʻdarilib, Salonikiga surgun qilingan. Sazkar xonim Abdulhamidga juda yaqin edi va shu sababli bir muddat eri bilan boʼlgan. Biroq 1910-yilda Istanbulga qaytgan va qizi bilan Yeniköydagi saroyida yashay boshlagan. Keyinchalik Sazkar xonim Abdulhamidning xotinlari orasida eng suyuklisi boʻlgan Peyveste xonim bilan birga Shişlida yashagan. Ularning xonalari uyning bir qavatida joylashgan edi va har kuni birga qahva ichib, oʻtgan kunlarni eslab suhbat qurishardi. Peyveste xonimning oʻgʻli Shahzoda Abdurahim Hayriy ham shu yaqin atrofda yashar va ularni tez-tez yoʻqlab turardi. 1912-yilda Saloniki Yunoniston tarkibiga oʻtgach, Abdulhamid ham Istanbulga qaytarildi va Beylerbeyi saroyiga joylashtirildi. Abdulhamid 1918-yilda oʼsha yerda vafot etgan.

Beva qolishi va oʻlimi

1924-yil mart oyida sulola aʼzolari surgun qilingach, Sazkar qizi bilan birga Livanning Bayrut shahriga ketdi. U sulolaning qondosh aʼzosi emas, balki sultonning xotini boʼlganligi bois Turkiyada qolishi mumkin edi. Qizi 1938-yilda vafot etgach, Sazkar qizining qabri yaqinida boʻlish uchun Suriya poytaxti Damashqqa koʻchib oʻtgan va 1945-yilda shu yerda vafot etgan. Sazkar xonim vafot etgach, shaharda qizining yonida, yaʼni Suriyaning Damashq shahri Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn etilgan.

Farzandlari

IsmiTugʻilgan sanasiVafot sanasiIzohlar
Rafiya Sulton 1891-yil 15-iyun 1938-yil bir marta turmushga chiqqan, ikki qizi bor

Yana qarang

  • Usmoniylar sultonlari xotinlari roʻyxati
  • Iqbol (unvon)
  • Usmoniylar imperiyasi harami

Adabiyotlar

  • Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004. ISBN 978-9-756-49131-7. 
  • Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
  • Osmanoğlu, Ayşe. Babam Sultan Abdülhamid. Mona Kitap Yayinlari, 2000. ISBN 978-6-050-81202-2. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2. 
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5. 


Yuqori