Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Behice xonim (usmonli turkcha: بھیجه خانم‎‎ – Baxtli"; asl ismi Behiye Maan; 1882-yil 10-oktyabrda tugʻilgan – 1969-yil 22-oktyabrda vafot etgan. 1934-yildagi F

Behice xonim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Behice xonim
Tugʻilishi Behiye Maan
1882-yil 10-oktyabr
Vafoti 22-oktyabr 1969-yil(1969-10-22)
(87 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Dafn etilgan joy
Yahyo Afandi qabristoni
Turmush oʻrtogʻi
Abdulhamid II
(turm. 1900; vaf. 1918)
Farzandlari Shahzoda Ahmad Nuriddin
Shahzoda Mehmed Bedreddin
Toʻliq nomi
turkcha: Behiye Behice Hanım
usmonli turkcha: بھیجہ خانم
Uy Maan (tugʻilganida)
Usmoniylar (turmushga chiqqanidan keyin)
Otasi Albus Bey Maan
Onasi Nazli Hanim Kuçba
Dini Sunniy islom

Behice xonim (usmonli turkcha: بھیجه خانم – Baxtli"; asl ismi Behiye Maan; 1882-yil 10-oktyabrda tugʻilgan – 1969-yil 22-oktyabrda vafot etgan. 1934-yildagi Familiya toʻgʻrisidagi qonundan keyin: Behice Maan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid IIning xotini.

Yoshlik yillari

Behice xonim 1882-yil 10-oktyabrda Sakarya viloyati Adapazari shahrining Beynevid degan joyida tugʻilgan. Tugʻilganida unga Behiye Maan deb ism qoʻyilgan. Behice xonim abxaziya zodagonlari Maan oilasining aʼzosi boʻlgan. Uning otasi Kats Bey Maanning nabirasi Albus Bey Maan edi. Onasining kelib chiqishi abxaziyalik boʻlib, Hoji Kuç poshoning qizi Nazli xonim Kuçba edi. Behice xonimning Rauf Bey ismli bir ukasi va Atiye xonim, Tasvire xonim, Ihsan xonim va Nimet xonim ismli toʻrt singlisi bor edi. Behice xonim Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid IIning xotinlaridan biri Sazkar xonimning qarindoshi boʻlgan. U, shuningdek, Halil Kut poshoning xotiniga ham qarindoshligi boʻlgan. Behice xonim uzun boʻyli, sariq sochli, moviy koʻzli chiroyli ayol boʻlib, juda magʻrur va takabbur edi.

Nikohi

Behiyening otasi sulton Abdulhamid oʻgʻli Shahzoda Mehmed Burhoniddinga kelin qidira boshlaganini eshitib, 1899-yilda uni saroyga olib keldi va sultonga tanishtirdi. Biroq Abdulhamid yosh qizning goʻzalligidan shu qadar taʼsirlanganidan uni oʻgʻliga emas, oʻziga nikohlashni soʻradi. Behiye bunga qarshi boʻlishiga qaramay, otasi bu nikohga rozilik berdi. Nikoh marosimi 1900-yil 10-mayda Yildiz saroyining Hunkor koʻshkida boʻlib oʻtdi. Oʻsha paytda Behice 18 yoshda, Abdulhamid esa 58 yoshda edi. Behiye xonim „Beshinchi iqbol“ unvoni va Behice ismini olgan.

Nikohdan 1 yil oʻtib, 1901-yil 22-iyunda Behice xonim Shahzoda Ahmad Nuriddin va Shahzoda Mehmed Badriddin ismli egizak oʻgʻillarini dunyoga keltirdi. Badriddin 1903-yil 13-oktabrda 2 yoshida meningit tufayli vafot etgan.

1909-yil 27-aprelda sulton Abdulhamid taxtdan agʻdarildi va Salonikiga surgunga yuborildi. Biroq Behice unga ergashmadi va Istanbulda qoldi. U oʻgʻli bilan Maslak saroyiga joylashdi. 1912-yilda Saloniki Yunoniston qoʻliga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytarildi va Beylerbeyi saroyiga joylashtirildi. Keyinchalik Abdulhamid 1918-yilda shu yerda vafot etdi.

Soʻnggi yillari va vafoti

1924-yilda Usmoniylar davlati qulagach, ularning oila aʼzolari surgun qilindi. Behice xonim oʻgʻli bilan Neapolga bordi, u yerda Via Generale Orsini koʻchasida yashadi. Keyinchalik oʻgʻli uni shu yerda qoldirib, Parijga koʻchib oʻtdi va 1945-yilda oʻsha yerda vafot etdi. Oʻgʻlining oʻlimidan keyin Behicening hayoti ogʻirlashib ketdi. Neapolda u pulsizlikdan qattiq aziyat chekdi, chunki Turkiyadan unga yuborilayotgan mablagʻlarni xizmatkori oʻzlashtirib olar edi. 1969-yilda uni Italiyada ziyorat qilgan qarindoshi Behicening yashash sharoitlaridan dahshatga tushgan, uning sochlari taralmagan, tirnoqlari juda oʻsib ketgan, bir necha haftalardan beri yuvinmagan edi. 1969-yil mart oyida Behice xonim Istanbulga qaytarilgan va 7 oydan soʻng 1969-yil 22-oktyabrda 87 yoshida vafot etgan. Oʻlimidan soʻng Istanbuldagi Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan.

Farzandlari

IsmiTugʻilgan sanasiVafot sanasiIzohlar
Shahzoda Ahmad Nuriddin 1901-yil 22-iyun. 1944-yil dekabr. bir marta uylangan, bir oʻgʻil farzandi boʻlgan.
Shahzoda Mehmed Bedreddin 1901-yil 22-iyun. 1903-yil 13-oktabr. Yildiz saroyida tugʻilib, oʻsha yerda meningit tufayli vafot etgan va Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan

Nasl-nasabi

Yana qarang

  • Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati
  • Iqbol (unvon)
  • Usmoniylar imperiyasi harami

Adabiyotlar

  • Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004. ISBN 978-9-756-49131-7. 
  • Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
  • Ekinci, Ekrem Buğra. Sultan Abdülhamid'in Son Zevcesi. Timaş Tarih, March 31, 2017. ISBN 978-6-050-82503-9. 
  • Osmanoğlu, Ayşe. Babam Sultan Abdülhamid. Mona Kitap Yayinlari, 2000. ISBN 978-6-050-81202-2. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2. 
  • Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5. 
Yuqori