| Irgʻiz | |
|---|---|
| Ырғыз | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 593 km |
| Havzasi | 31 600 km² |
| Suv sarfi | 8 m³/s |
| Suv oqimi | |
| Boshlanishi | Mugʻojar togʻi |
| · Balandligi | 320 m |
| Quyilishi | Toʻrgʻay |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Qozogʻiston |
Irgʻiz — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe viloyatidagi daryo. Toʻrgʻayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 593 km, havzasining maydoni 31,6 ming km2. Mugʻojar togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat daryo oʻzanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irgʻizning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida shoʻrroq. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha yillik suv sarfi 7,56 m3/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan boʻshaydi.
Turkumlar::
- Alfavit boʻyicha daryolar
- Aqtoʻbe viloyatidagi daryolar
- Qozogʻistondagi daryolar
- Geografiyaga oid chala maqolalar