Kuk boʻgʻozi — Yangi Zelandiyaning Shim. va Janubiy orollari oraligʻida. Tasmaniya dengizini Tinch okean bilan birlashtirib turadi. Oʻz. 107 km, eni 22– 91 km, eng sayoz joyining chuq. 97 m. Sha-rqiy sohilida Yangi Zelandiya poytaxti — Uellington shahri joylashgan. Ingliz dengizchi sayyohi J.Kuk nomi bilan atalgan.
Turkumlar::
- Alifbo boʻyicha boʻgʻozlar
- Geografiyaga oid chala maqolalar