| Ibn Miskavayh | |
|---|---|
| Tavalludi | 932 Parandak |
| Vafoti | 1030 Ray, Eron |
| Fuqaroligi | Buvayhiylar |
| Kasbi | Tarixchi, faylasuf, adib, tabib |
Ibn Miskavayh (arabcha: ابن مسكوويه; toʻliq ismi Abu Ali Ibn Muhammad ibn Yaqub ibn Miskovayh ar-Roziy; 932-yil – 1030-yil) – arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib.
Umumjahon tarixiga oid „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“) nomli asar yozgan. Ilmi axloq va hikmatga doir „Kitob at-tahora“ („Tahorat kitobi“), „Tahziyb al-axloq“ („Axloqni tuzatish“) nomli asarlar ham Ibn Miskavayh qalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. Ibn Miskavayh asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning „Axloqi Nasriy“) yozilgan.
Asarlari
| Vikiiqtibosda „Jovidoni xirad“ asariga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- „Kitob at-tahora“ (Tahorat kitobi);
- „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“ – arabcha: كتاب تجارب الأمم) — jahon xalqlari, jumladan arablarning X asrning 80-yillariga qadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining X asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor;
- „Jovidoni xirad“ (forscha: جاویدان خرد – „Boqiy aql idrok“ kitobi) — olimlarning axloq haqidagi fikrlarini jamlangan boʻlib, uning qoʻlyozma nusxalari sharqda keng tarqalgan;
- „Tahziyb al-axloq“ (arabcha: تهذيب الأخلاق و تطهير الأعراق – „Axloqni tuzatish“).
- Tarixchilar
- Faylasuflar
- Adiblar
- Tabiblar
- 932-yilda tugʻilganlar
- 1030-yilda vafot etganlar