Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baxtiyor Botirovich Zokirov (1962-yil 9-avgust, Konibodom, Tojikiston SSR — 2005-yil 6-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr aktyori, dublyaj ak

Baxtiyor Zokirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Zokirov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Botirovich Zokirov
Tavalludi 9-avgust 1962-yil
Konibodom, Tojikiston SSR
Vafoti 6-noyabr 2005-yil(2005-11-06)
(43 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK; Moskva)
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1982 — 2004
Otasi Botir Zokirov
Onasi Erkli Malikboyeva
Qarindoshlari Bahodir Zokirov (ukasi)
Ruxshona Zokirova (singlisi)
Mukofotlari

Baxtiyor Botirovich Zokirov (1962-yil 9-avgust, Konibodom, Tojikiston SSR — 2005-yil 6-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr aktyori, dublyaj aktyori va kinoaktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1997).

Tarjimayi holi

Baxtiyor Zokirov 1962-yil 9-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom shahrida sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Otasi qoʻshiqchi, rassom, oʻzbek zamonaviy estrada ijrochiligining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti — Botir Zokirov, onasi aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti — Erkli Malikboyeva. Baxtiyor Zokirov 1979-yil (17 yoshida) Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) oʻqishga kirgan va u yerda professor Boris Chirikov studiyasida tahsil olgan.

Ijodi

Baxtiyor Zokirov debyut rolini 1982-yilda rejissyor Elyor Ishmuhamedovning Abu Ali ibn Sino haqida tasvirga olingan „Yunost geniya“ filmida oʻynagan. Bu film oʻz vaqtida SSSRning oliy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Baxtiyor Zokirov kinematografiyadagi ijodi davomida „Oʻzbekfilm“, „Tojikfilm“, „Sverdlovskaya kinostudiya“, „Mosfilm“ kinostudiyalari tomonidan tasvirga olingan filmlarga suratga tushgan.

Aktyor 32 yoshida „Buyuk Amir Temur“ filmida rol oʻynab „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Filmografiyasi

YilFilm nomiRoliFilm rejissyori
1982Yunost geniya
(Oʻzbekfilm, Tojikfilm)
Husayn (Abu Ali ibn Sino; bosh rol)Elyor Ishmuhamedov
1984Nayedine
(Oʻzbekfilm)
-Gʻiyos Shermuhammedov
1985Govoryashshiy rodnikAsqarMargarita Kasimova
1985Alvido gʻoʻr yoshligim-Elyor Ishmuxamedov
1985Poslednyaya inspeksiyaHaydarovEduard Xachaturov
1986ArmonBoʻri (bosh rol)Melis Abzalov
1987Klinika
(Oʻzbekfilm)
Alim (bosh rol)Rashid Malikov
1987Kuda vel sled dinozavraBaxtiyorMargarita Kasimova
1987Upolnomochen revolyutsiyey
(serial)
GazizZinoviy Royzman
1988Chudovishshe, ili Kto-to drugoy-Aliasqar Fatxullin
1989Maysaraning ishiHidoyatxonMelis Abzalov
1989
1990
Kodeks molchaniya
(serial)
psixiatrik kasalxona shifokoriZinoviy Royzman
1989Siz kim siz?-Janik Fayziyev
1990Prodavets snovmusiqachiGeorgiy Bzarov
1990Blagoslovlennaya Buxara-Baqo Sodiqov
1991Za vse nado platitQurbon BeketovHabib Fayziyev
1991KammiDima ChexovJanik Fayziyev
1991Polunochniy blyuzepizodik rolRashid Malikov
1992Qirqquloq siriotaRashid Malikov
1992Ostrov-Baqo Sodiqov
1993Mafiya bessmertnaJoshua SurajLeonid Partigul
1995Zov Predkov: Velikiy Turan-Gʻiyos Shermuhammedov
1996Buyuk Amir TemurHusaynIsamat Ergashev
Baqo Sodiqov
1997Yaratganga shukrAlisherZulfiqor Musoqov
1999FellinirejissyorNozim Abbosov
2000Ayollar saltanatibosh rolYusup Roziqov
2003Rodina jdyot
(serial)
LatifiyOleg Pogodin
2004Vlyublyonniye 2MurodElyor Ishmuhamedov
2005Xoʻja Nasriddin: oʻyin boshlandi
(film 2006-yil katta ekranlarga chiqqan)
dorixonachiSkan Multi

Teatrdagi ijodi

Baxtiyor Zokirov teatrdagi faoliyatini 1986-yilda Mark Vayl tashkil etgan „Ilhom“ teatrida boshlagan boʻlib, u yerda Janik Fayziyev sahnalashtirgan „Petrushka“ plastik spektaklida oʻynagan. Spektakl 3 yil davomida namoyish etilgan.

Baxtiyor Zokirovning teatr sahnasida keyingi chiqishi 1998-yilda amalga oshgan.

Aktyor „Ilhom“ teatrida Oscar Wilde asari asosida Avliyoquli Xoʻjaquli rejissyorligida sahnalashtirilgan „Salomeya“ spektaklida Iokanaan (1998), Mark Vayl rejissyorligida Abdulla Qodiriy asari asari asosida sahnalashtirilgan „Beliy beliy cherniy aist“ (Oxund roli, 1998) va Aleksandr Pushkin asari asosida sahnalashtirilgan „Podrajaniya Koranu“ spektaklida (2002) rollar ijro etgan.

Yuqori