Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi. U „Chinor ostidagi duel“

Rashid Malikov

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rashid Malikov
Tavalludi 1958-yil 3-iyul (1958-07-03) (68 yosh)
SSSR, Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor va ssenariynavis
Filmlari „Togʻa“, „Sabot“, „Klinika“ va „Tutqunlik“
Bolalari 2
Mukofotlari

Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi. U „Chinor ostidagi duel“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmlarida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida esa rejissyorlik qilgan.

Hayoti

Rashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog, onasi shifokor boʻlgan. U dastlab, shifokor boʻlishni orzu qilgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1980-yilda uni tamomlagan. Ammo, u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-1986-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filmlarida kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Uning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmidagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan.

Ijodi

1987-yilda Rashid Malikov oʻzi ssenariylashtirgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan.

2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov qatnashgan „Jenskiy den“ romantik komediya filmiga rejissyorlik qilgan.

2017-yilda suratga olingan „Sabot“ badiiy filmiga Malikov rejissyorlik qilgan. Film 2018-yil Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan va moskvalik tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan.

2018-yilda Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan, Rashid Malikov, Abduhamil Sodiqov va Bob Underwoodlar jangari, drama va triller janrlardagi Scorpion filmining ssenariynavislari hisoblanadi.

2021-yilda suratga olingan, drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmiga Rashid Malikov bosh rejissyorlik qilgan.

Filmografiyasi

Rejissor

Yil Nom Janr
1986 Pravila xoroshego tona Qisqa metrajli film
1987 Klinika Drama
1989 Neveroyatniy sluchay Fantastika, komediya
1991 Polunochniy blyuz Melodrama, detektiv
1992 Tayna paporotnikov Drama
1992 Qirq quloq siri Drama
1997 Peshiy Drama
2008 Konstantinopol
2008 Planeta pravoslaviya Hujjatli film
2009 Utrenniy veter
2013 Jenskiy den Melodrama, komediya
2014 Togʻa
2017 Svideteli Detektiv
2018 Sabot Drama
2019 Sumbul
2021 Tutqunlik Drama, jangari, tarixiy film
2024 Paxta Drama
2024 Qariqiz

Aktyor

Yil Film Rol Janr
1979 Chinor ostidagi duel Nortoy Melodrama
1979 Loshadi pod lunoy Oktam
1980 Afsonaviy qiz Abduvahob Tarixiy film
1982 Suyunchi Student Drama
1984 Kelinlar qoʻzgʻaloni Toʻxtasin Melodrama
1986 O tom, chego ne bilo Drama
1989 Vojd na odnu smenu Drama
1992 Nulevoy variant Xodjayev Jangari film
1997 Piyoda Drama
2002 Drongo Jangari film
2007 Sogʻinch soxili Drama

Mukofotlari

Rashid Malikov 1986-yil „Pravila xoroshego tona“ qisqa metrajli filmi uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotini, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2018-yil „Sabot“ filmi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmida rejissyorligi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. 2022-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:

Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga oʻtadi.

Shaxsiy hayoti

Rashid Malikov ikki farzandning otasi. Ularning biri qiz, biri oʻgʻil.

Adabiyotlar

  • Matyakubov X.X. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2021 140-bet. 
  • „Mustaqillik yillari mamlakatimizda kino va milliy qо'shiqchilik sohalarining rivojlanishi“. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari. Toshkent: O‘zDSMI. 2021.
Yuqori