Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. 2015—2020-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi el

Furqat Siddiqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Furqat va familiyasi Siddiqov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Furqat Ahmedovich Siddiqov
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yildan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Javlon Vahobov
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
 
Mansab davri
2015-yildan – 2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Parviz Aliyev
Vorisi Oybek Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1971-yil 7-fevral (1971-02-07) (55 yosh)
Toshkent

Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. 2015—2020-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi.

Biografiyasi

1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Taʼlim

1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati

1993-1995 — „UzDaewoo Electronics“ qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi.

1995-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi.

2002-2007 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.

2007-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

2011-2015 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi birinchi kotibi.

2015-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2022-2023 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

2023-yil 3-martdan — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi. 1-may kuni AQSh Prezidenti Joe Bidenga ishonch yorligʻini topshirdi.

Yuqori