Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Eduard Xachaturov (1936-yil 27-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2025-yil 17-iyul) – arman aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi. Rejissyor Albert Xachaturovn

Eduard Xachaturov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eduard Xachaturov
Tavalludi 27-mart 1936-yil
Vafoti 17-iyul 2025-yil(2025-07-17)
(89 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti
Kasbi aktyor, rejissor va ssenariynavis
Mashhur ishlari Toʻylar muborak
Mukofotlari Lenin komsomoli mukofoti

Eduard Xachaturov (1936-yil 27-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2025-yil 17-iyul) – arman aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi. Rejissyor Albert Xachaturovning ukasi. Xachaturov bir necha mashhur oʻzbek kinolari, jumladan, Toʻylar muborak filmiga rejissyorlik qilgan.

Hayoti

Eduard 1936-yil 27-martda Toshkent shahrining qadimiy Taxtapul mahallasida tugʻilgan. Xachaturovlar oilasi 1915-yil Turkiyadan Toshkentga koʻchib kelgan edi. Yoshligida ota-onasidan ayrilgan Xachaturov opasi va akalari tarbiyasida voyaga yetgan. Maktabni tamomlagach S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetiga oʻqishga kirgan. Institutida mashhur rejissyorlar Sergey Gerasimov va Tamara Makarova rahbarligida tahsil olgan. Ijodiy faoliyatini diplom ishi boʻlgan „Choʻl“ filmi orqali boshlagan. Bu film Turkmenfilm kinostudiyasida suratga olingan boʻlib, unda hayotda oʻz oʻrnini izlayotgan yigit obrazi tasvirlangan. 1965—1966-yillarda „Turkmenfilm“ kinostudiyasi rejissyori boʻlib faoliyat yuritgan.

Toshkentga qaytgach, avval Oʻzkinoxronika studiyasida, keyinchalik 1967-yildan Oʻzbekfilmda faoliyat olib borgan. U bir qancha mashhur rejissyorlar bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarda ishtirok etgan.

Xachaturovning eng yorqin ishlaridan biri – Toshkent metrosi quruvchilariga bagʻishlangan „Ilk yoʻlovchilar“ hujjatli filmi hisoblanadi. Shuningdek, bokschi Rufat Risqiyev hayotiga bagʻishlangan „Ringga chorlamoqda“ filmi sanaladi. Faoliyati davomida oʻzbek kino ustalari Komil Yormatov, Yoʻldosh Aʼzamov, Shuhrat Abbosovlar bilan birga „Qora konsul oʻlimi“, „Olovli yoʻllar“, „Abu Rayhon Beruniy“ filmlarida faoliyat olib borgan. 1978-yilda Xachaturov rejissyorligida Toʻylar muborak filmi suratga olingan.

Vafoti

Eduard Xachaturov soʻnggi yillarda „Oʻzkinoxronika“ studiyasida tarixiy va zamonaviy mavzulardagi hujjatli filmlar yaratishda faol boʻlgan. Eduard Xachaturov 2025-yil 17-iyulda vafot etdi.

Filmografiyasi

Rejissyor sifatida

YilFilm
1966Sahro
1972Yaxshi yigit
1974Chegara hududi
1975Ilk yoʻlovchilar
1978Toʻylar muborak
1979Ringga chorlamoqda
1980Har uchinchi
1983Ruscha: Rodniki Ming-Bulaka
1985Soʻnggi inspeksiya
1987Katta jang oldidan

Manba:

Aktyor sifatida

YilFilm
1964Ruscha: Trudniy Perexod
1971Goryachie Tropi
1974Abu Rayhon Beruniy
2002Sinediktum
Yuqori