![]() 2022-yil Olmo RB Leypsig safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Daniel Olmo Carvajal | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 7-may | ||
| Tavallud joyi | Terrassa, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.76 m | ||
| Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
| Raqami | 20 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2006—2007 | Espanyol | ||
| 2007—2014 | Barcelona | ||
| 2014—2015 | Dinamo Zagreb | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2017 | Dinamo Zagreb II | 25 | (3) |
| 2015—2020 | Dinamo Zagreb | 80 | (20) |
| 2020—2024 | RB Leipzig | 107 | (17) |
| 2024— | Barcelona | 11 | (5) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014 | Ispaniya U16 | 3 | (0) |
| 2015 | Ispaniya U17 | 9 | (1) |
| 2016 | Ispaniya U18 | 3 | (1) |
| 2018—2019 | Ispaniya U21 | 14 | (6) |
| 2021 | Ispaniya U23 | 7 | (1) |
| 2019— | Ispaniya | 41 | (11) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-avgust uchun) | |||
Daniel Olmo Karvaxal (1998-yil 7-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Barselona“ klubi va Ispaniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
„La Masia“ akademiyasida yetti yil davomida taʼlim olganidan soʻng, 2015-yilda Xorvatiyaning „Dinamo Zagreb“ jamoasida professional debyut qilgan. U klub safida jami 124 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan. Zargrebdagi 5 yillik faoliyati davomida besh marta liga va uch marta kubokni qoʻlga kiritgan. 2020-yilgi mavsum avvalida RB Leipzig klubi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda 2022 va 2023-yillarda ikkita Germaniya kubogini shuningdek, 2023-yilgi Germaniya Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi mavsum avvalida „Barselona“ klubiga qaytgan.
Olmo Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2020-yilgi Olimpiya turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2019-yilda terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va UEFA Yevro-2020 yarim finaliga chiqqan. 2023-yilgi UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan. Olmo Yevro-2024 turnirida gʻolib chiqqan Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Klublardagi faoliyati
Kataloniyaning Barselonadagi Terrassa shahrida tugʻilgan Olmo "Barselona" yoshlar akademiyasiga toʻqqiz yoshida kelgan.
Dinamo Zagreb
Olmo kutilmaganda 2014-yilning 31-iyulida 16 yoshida Zagrebning „Dinamo“siga kelib qoʻshildi. U 2015-yilning 7-fevralida Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdi. 2016-yilning 22-avgustida Olmo Zagrebning Dinamo klubi bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
2019-yil 18-sentabrda u Chempionlar ligasidagi debyutini oʻz maydonida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi. U musobaqadagi ilk golini 22-oktabr kuni Donetskning „Shaxtyor“ klubiga mehmonda (2:2) urgan edi. U 11-dekabr kuni „Manchester Siti“dan 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan „Dinamo“ning yagona goliga mualliflik qildi.
RB Leypsig
2020-yilning 25-yanvarida Olmo Bundesliganing „RB Leypsig“ klubiga oʻtidi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
U debyutini 2020-yil 1-fevralda, Myonxengladbaxning „Borussiya“si ga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng u Frankfurtning „Ayntraxt“iga oʻyinda maydonga tushib, oʻzining ilk golni kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Yoshlar jamoalarida
Olmo 2015-yilda Bolgariyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. 2017-yil oxirlarida Zagrebning „Dinamo“ klubi direktori Tomislav Svetina klub oʻsmirning Xorvatiya fuqaroligini olish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilaganini aytdi. Olmoning oʻzi xalqaro miqyosda Xorvatiyaga oʻtish istagini koʻrsatdi. Biroq, 2018-yil oktyabr oyida u Ispaniya U21 terma jamoasida debyut qildi.
Olmo 2019-yil noyabr oyida Malta va Ruminiyaga qarshi Evro-2020 saralash bosqichi uchun Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi. U 15-noyabr kuni 66-daqiqada Alvaro Morata oʻrniga maydonga tushib oʻz debyutini oʻtqazdi.
Shaxsiy hayoti
Olmoning otasi Mikel sobiq futbolchi. U quyi liga jamoalarida professional tarzda oʻynagan Danining akasi Karlos ham futbolchi boʻlib Karlovac 1919 safida oʻynaydi. Olmo xorvat tilida bemalol gapiradi.
Faoliyatidagi statistikasi
Terma jamoadagi statistikasi
- match played 15 November 2024
| Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Ispaniya | 2019 | 1 | 1 |
| 2020 | 7 | 0 | |
| 2021 | 10 | 2 | |
| 2022 | 11 | 2 | |
| 2023 | 3 | 2 | |
| 2024 | 9 | 4 | |
| Jami | 41 | 11 | |
- match played 15 November 2024
- Scores and results list Spainʼs goal tally first.
| № | Sana | Stadion | Oʻyin | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2019-yil 15-noyabr | Estadio Ramón de Carranza, Kadis, Ispaniya | 1 | 5–0 | 7–0 | UEFA Yevro-2020 saralashi | |
| 2 | 2021-yil 28-mart | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | 10 | 2–1 | 2–1 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 3 | 2021-yil 31-mart | Estadio de La Cartuja, Sevilla, Ispaniya | 11 | 1–0 | 3–1 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 4 | 2022-yil 26-mart | RCDE Stadium, Cornellà de Llobregat, Ispaniya | 19 | 2–1 | 2–1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 5 | 2022-yil 23-noyabr | Al-Tumama stadioni, Doha, Qatar | 26 | 1–0 | 7–0 | FIFA Jahon chempionati 2022 | |
| 6 | 2023-yil 25-mart | La Rosaleda, Málaga, Ispaniya | 30 | 1–0 | 3–0 | UEFA Yevro-2024 saralashi | |
| 7 | 2023-yil 8-sentyabr | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | 32 | 3–0 | 7–1 | UEFA Yevro-2024 saralashi | |
| 8 | 2024-yil 26-mart | Santiago Bernabéu, Madrid, Ispaniya | 33 | 2–0 | 3–3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 9 | 2024-yil 30-iyun | RheinEnergieStadion, Cologne, Germaniya | 36 | 4–1 | 4–1 | UEFA Yevro 2024 | |
| 10 | 2024-yil 5-iyul | MHPArena, Stuttgart, Germaniya | 37 | 1–0 | 2–1 (q.v) | UEFA Yevro 2024 | |
| 11 | 2024-yil 9-iyul | Allianz Arena, München, Germaniya | 38 | 2–1 | 2–1 | UEFA Yevro 2024 |
Yutuqlar
Dinamo Zagreb
- Prva HNL: 2014-15, 2015-16, 2017-18, 2018-19, 2019-20
- Xorvatiya kubogi: 2014-15, 2015-16, 2017-18
- Xorvatiya Superkubogi: 2019-yil
RB Leypsig
- DFB-Pokal: 2021-22
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019
Ispaniya U23
- Yozgi Olimpiada kumush medali: 2020-yil
Ispaniya
- UEFA Millatlar ligasi gʻolibi: 2020-21
Shaxsiy sovrinlari
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019
- UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2019
- Prva HNL yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018
- Trophy Footballer – Prva HNLning eng yaxshi futbolchisi: 2019
- Trophy Footballer – Eng yaxshi Prva HNL U-21 futbolchisi: 2019
- Trophy Footballer – Prva HNL yilning eng yaxshi jamoasi: 2019
- GNK Dinamo Zagreb yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019
- SIMPOSAR xalqaro sport simpoziumi – Yil kashfiyoti: 2019
- 7-mayda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Terrassada tugʻilganlar
- Nuqsonli GND identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- GNK Dinamo Zagreb II futbolchilari
- Dinamo Zagreb F.C futbolchilari
- RB Leipzig futbolchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari
- Xorvatiya birinchi ligasi futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Xorvatiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
