Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xett podsholigi — Kichik Osiyodagi qadimgi davlat (miloddan avvalgi XVIII—XII asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xettlar va boshqa etnik guruhlar kirgan. Xettlar

Xett podsholigi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xett podsholigi — Kichik Osiyodagi qadimgi davlat (miloddan avvalgi XVIII—XII asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xettlar va boshqa etnik guruhlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxminan XVIII asr)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas shaharlarini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qadimgi xett sulolasining asoschisi — Labarna (XVII asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (XVII asr oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha janubi-sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (XVII asr oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. XIV—XII asrlarda Xett podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (XIV asr boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qad. shahardavlat)ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (XIV asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. XIII asr oxiri — XII asr boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepinu (XVI asr oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.

Yuqori