Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 1992-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Milan va Ispaniya terma

Alvaro Morata

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alvaro Morata
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Álvaro Borja Morata Martín
Tavallud sanasi 1992-yil 23-oktyabr (1992-10-23) (33 yosh)
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2007 Atletiko Madrid
2007—2008 Getafe
2008—2010 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Real Madrid B 83 (45)
2010—2014 Real Madrid 37 (10)
2014—2016 Juventus 64 (15)
2016—2017 Real Madrid 26 (15)
2017—2020 Chelsea 47 (16)
2019—2020   Atlético Madrid 49 (18)
2020—2024 Atlético Madrid 68 (28)
2020—2022   Juventus 67 (20)
2024—h.v. AC Milan 15 (5)
Milliy terma jamoa
2009 Ispaniya U-17 6 (2)
2010 Ispaniya U-18 2 (3)
2010—2012 Ispaniya U-19 13 (11)
2013—2014 Ispaniya U-21 13 (13)
2014— Ispaniya 84 (37)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 1992-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Milan va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.

Faoliyati

Klubdagi

2008-yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning „Juvenil C“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. 2009-yil noyabr oyida „Juvenil“larning barchasida (A, B va C) va „Real Madrid C“ jamoasida ketma-ket oʻyinlarida ishtirok etdi. 2010-yil iyul oyida „Juvenil A“ jamoasida oʻtkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga oʻtkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va toʻrtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi.
2010-yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda Real Madrid Kastilya safida debyutini oʻtkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida „Korusho“ bilan boʻlgan oʻyinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni „Alkala“ darvozasiga kiritdi.
2010-yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk oʻyinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria oʻrniga maydonga tushdi. Oʻn kundan soʻng, Qirollik kubogi oʻyinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011-yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan soʻng, Alvaroni koʻpchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qoʻshiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. Oʻsha kezlarda Morata 4 ta oʻyinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini „Deportivo B“ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi.
2012/13 mavsumdan boshlab, Morata asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshildi va mavsumoldi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etdi
2012-yil 11-noyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turida „Levante“ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvda maydonga 83-daqiqada tushib, ikki daqiqa oʻtmasdan hal qiluvchi golini urib, oʻzining chempionatdagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi. „Real“ oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Terma jamoadagi

2009-yili Morata 17 yoshgacha oʻtkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada oʻtkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga gʻalabani boy berib, ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Ishtirok etish statistikasi

match played 22 January 2025
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Real Madrid Castilla 2010–11 Segunda División B 2614212815
2011–12 3315433718
2012–13 Segunda División 18121812
Jami 7741648345
Real Madrid 2010–11 La Liga 10100020
2011–12 1000000010
2012–13 122201000152
2013–14 2386051349
Jami 37109061005211
Juventus 2014–15 Serie A 29842125104615
2015–16 3475382004712
Jami 631595207109327
Real Madrid 2016–17 La Liga 26155293304320
Chelsea 2017–18 Premyer-liga 3111623171104815
2018–19 16512204210249
Jami 47167451113207224
Atlético Madrid (ijara) 2018–19 La Liga 1560020176
2019–20 34120083214416
Jami 491800103216122
Juventus (ijara) 2020–21 Serie A 32113286114420
2021–22 3595172104812
Jami 672083158219232
Atlético Madrid 2022–23 La Liga 361342504515
2023–24 321551105104821
Jami 682893155109336
AC Milan 2024–25 Serie A 155005120226
Umumiy faoliyat statistikasi 4491674717519131196611223
  1. Includes Copa del Rey, Coppa Italia and FA Cup
  2. Includes EFL Cup
  3. One appearance in UEFA Super Cup, two appearances in FIFA Club World Cup
  1. Appearance(s) in Segunda División B play-offs
  2. Appearance(s) in UEFA Champions League
  3. Appearance(s) in Supercoppa Italiana
  4. Appearance in FA Community Shield
  5. Appearance(s) in UEFA Europa League
  6. Appearance(s) in Supercopa de España

Erishgan natijalari

Real Madrid

  • Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
  • Ispaniya superkubogi sohibi: 2012

Ispaniya yoshlar terma jamoasi

  • Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sohibi: 2009
  • 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2011

Xususiyati

Ikkinchi qavatda yaxshi oʻynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning oʻynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham koʻpchilik oʻxshatadi. Uzatma va zarbalarni hech qachon qoʻldan bermaydi. Gol urish uchun kerak boʻlsa tavakkal qiladi.

Yuqori