Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Henrix Gamletovich Mxitaryan (arm. Հենրիխ Համլետի Մխիթարյան; 1989-yil 21-yanvarda tugʻ., Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — armanistonlik futbolchi, yarimhimoyach

Henrix Mxitaryan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Henrix Mxitaryan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Henrix Gamletovich Mxitaryan
Tavallud sanasi 1989-yil 21-yanvar ( 1989-01-21) (37 yosh)
Tavallud joyi Yerevan, Armaniston SSR, SSSR
Boʻyi 177 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi "Miki"
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Italiya bayrogʻiInter
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995 — 2006 Pyunik
2003  Braziliya bayrogʻiSan-Paulu
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 — 2009 Pyunik (70 (30))
2009 — 2010 Ukraina bayrogʻiMetallurg (Donetsk) (37 (12))
2010 — 2013 Ukraina bayrogʻiShaxtyor (Donetsk) (72 (38))
2013 — 2016 Olmoniya bayrogʻiBorussiya (Dortmund) (90 (23))
2016 — 2018 Angliya bayrogʻiManchester Yunayted (39 (5))
2018 — 2020 Angliya bayrogʻiArsenal (39 (8))
2019 — 2020  Italiya bayrogʻiRoma (22 (9))
2020 — 2022 Italiya bayrogʻiRoma (65 (18))
2022 — ... Italiya bayrogʻiInter (0 (0))
Milliy terma jamoa
2006 — 2007 Armaniston (17 yoshgacha) (5 (1))
2007 — 2008 Armaniston (19 yoshgacha) (6 (1))
2008 — 2010 Armaniston (21 yoshgacha) (13 (9))
2007 — 2021 Armaniston (95 (32))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Henrix Gamletovich Mxitaryan (arm. Հենրիխ Համլետի Մխիթարյան; 1989-yil 21-yanvarda tugʻ., Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — armanistonlik futbolchi, yarimhimoyachi. Armaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi va sobiq sardori. Armaniston va Ukrainaning ko'p karra chempioni, Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida o'n marta tan olingan. Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar. 2017–yilda 1-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

"Pyunik" tarkibida u to'rtta Armaniston chempioni unvonini qo'lga kiritdi, 2009-yilda Donetskning "Metallurg" klubiga, 2010-yilda esa "Shaxtyor"ga 6,1 million evro evaziga o'tdi. «Shaxtyor»da 2012/13-yilgi mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha rekord o'rnatdi va chempionatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan rekord darajadagi 27,5 million evro evaziga shartnoma imzoladi va barcha davrlarning eng qimmat arman futbolchisiga aylandi.

U yerda u 2014-yilda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va keyingi mavsumda u Bundesligada 15 ta golli uzatma bilan eng ko'p golli uzatmani amalga oshirdi, bu natija bo'yich Yevropada ikkinchi o'rinni egalladi. Keyin u £30 million (€34,3 million) evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tib, APLda o‘ynagan birinchi armanistonlik bo‘ldi. U Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi va UEFA Yevropa Ligasida g'alaba golini kiritdi. Mxitaryanning keyingi yomon sport formasi uni 2018-yilda «Arsenal» bilan, keyinroq esa A Seriyaning «Roma» klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolashga olib keldi. U 2020-yilda doimiy asosda shartnoma imzolagan. 2022-yilda u UEFA Konferentsiyalar Ligasida zafar quchdi.

U 2007-2021-yillarda o'z mamlakati terma jamoasida o'ynagan. U Armanistonning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 95 o'yinda 32 ta gol urdi va terma jamoaning birinchi xet-trikiga amalga oshirishga erishdi. U o'n marta Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, 2009-yildan buyon har yili (2010 va 2018-yillar bundan mustasno) ushbu mukofotni oladi. Shuningdek, u 2012 va 2013-yillarda MDHda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan va postsovet davlatlarining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan birinchi arman futbolchisi boʻlgan.

Statistikasi

Klub

2022-yil 25-may holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha oʻyinlar va gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy Kubog Liga Kubogi Yevrokuboklar Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Pyunik 2006 Armaniston Premyer Ligasi 12100121
2007 Armaniston Premyer Ligasi 241200402812
2008 Armaniston Premyer Ligasi 2465320319
2009 Armaniston Premyer Ligasi 1011621613
Jami 7030115608735
Metallurg Donetsk 2009–10 Ukraina Premyer Ligasi 29921643714
2010–11 Ukraina Premyer Ligasi 830083
Jami 371221644517
Shaxtyor Donetsk 2010–11 Ukraina Premyer Ligasi 1733170274
2011–12 Ukraina Premyer Ligasi 26104160103711
2012–13 Ukraina Premyer Ligasi 29254282104229
Jami 72381142122010644
Borussia Dortmund 2013–14 Bundesliga 31952102004613
2014–15 Bundesliga 283617011425
2015–16 Bundesliga 3111651575223
Jami 90231783291114041
Manchester United 2016–17 APL 2443120116104111
2017–18 APL 15110104110222
Jami 3954130157206313
Arsenal 2017–18 APL 11261173
2018–19 APL 2560030110386
2019–20 APL 3030
Jami 3980030171599
Roma (ijara) 2019–20 Serie A 2290050279
Roma 2020–21 Serie A 3413111114615
2021–22 Serie A 31520110445
Jami 87273127111729
Inter 2022–23 Serie A 0000000000
Karyera davomida umumiy 4341434819601242451617187

Xalqaro

Terma jamoa va yil bo'yicha oʻyinlar va gollar
Terma jamoaYilOʻyinGollar
Armaniston 200720
200850
200971
201053
201184
201282
201382
201474
201560
201653
201796
2018101
201963
202021
202172
Jami9532

Erishgan yutuqlari

Pyunik

  • Armaniston Premyer Ligasi: 2006, 2007, 2008, 2009
  • Armaniston Kubogi: 2009
  • Armaniston Superkubogi: 2007, 2008

Shaxtyor Donetsk

  • Ukraina Premyer Ligasi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
  • Ukraina Kubogi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
  • Ukraina Superkubogi: 2012

Borussia Dortmund

  • DFL-Supercup: 2014

Manchester United

  • Angliya Liga Kubogi: 2016/17
  • Angliya Superkubogi: 2016
  • UEFA Yevropa Ligasi: 2016/17

Roma

  • UEFA Yevropa Konfensiyalar Ligasi: 2021–22


Shaxsiy

  • Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020
  • Boltiqbo'yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012, 2013
  • Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2012/13
  • Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2012/13
  • Ukraina Premyer Ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2016 aprel
  • Bundesliganing eng yaxshi assistenti: 2015/16
  • Bundesliga mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2015/16
  • DFB-Pokal eng yaxshi toʻpurari: 2015/16
  • Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi: 2015/16
  • APL da oyning eng chiroyli goli: 2016 dekabr
  • Angliya Liga Kubogining eng yaxshi assistsenti: 2016/17
  • Manchester Unitedning mavsumdagi eng chiroyli goli: 2016/17
  • UEFA Yevropa Ligasi mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2016/17
Yuqori