Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vagiz Iskandarovich Galiulin (1987-yil 10-oktabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi.

Vagiz Galiulin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vagiz Galiulin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vagiz Iskandarovich Galiulin
Tavallud sanasi 1987-yil 10-oktyabr (1987-10-10) (38 yosh).
Tavallud joyi Asaka tumani, USSR, SSSR
Boʻyi 1.74 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004 Andijon 3 (0)
2005 Buxoro 1 (0)
2006 Traktor Toshkent
2006—2014 FC Rubin Kazan 8 (0)
2010—2012 →  Sibir Novosibirsk 30 (0)
2012 →  Nefteximik 19 (2)
2014—2016 Ufa 32 (0)
2016—2018 Tosno 63 (9)
2018—2020 Tambov 11 (0)
2019—2020 →  Nefteximik 21 (1)
2020—2024 Nefteximik 111 (13)
2024 Andijon 4 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2021 Oʻzbekiston 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 13-dekabr uchun)

Vagiz Iskandarovich Galiulin (1987-yil 10-oktabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi.

Faoliyati

Oʻzbekiston chempionati

U Oʻzbekistonning „Andijon“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. U Buxoro FKga oʻtishdan oldin u yerda uchta oʻyin oʻtkazgan va Andijonliklar trkibida faqat bir marta maydonga tushgan.

Rubin Qozon

2006-yilda u nomaʼlum pul evaziga Qozonning „Rubin“ jamoasiga oʻrinbosar sifatida oʻtgan. U 2007-yilning 7-martida „Rostov“ ga qarshi Rossiya kubogi chorak finalida „Rubin“ jamoasi safida debyut qilgan. 2008-yil 5-avgustda u „Rubin“ uchun birinchi golini Rossiya kubogi 1/32 bosqichida „Smena Komsomolsk-na-Amure“ga qarshi oʻyinda kirigan. Kubokning oʻsha mavsumida „Rubin“ finalga chiqgan, ammo Galiulin birinchi turdan boshqa hech qanday raundda oʻynamgan. U 2008-yilning 16-noyabrida CSKAga qarshi oʻyinda Rossiya Premyer-ligasida debyut qilgan.

2010-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga MDH kubogini yutishda yordam bergan. Shundan soʻng u ikki mavsumni ijara asosida „Sibir Novosibirsk“da oʻtkazgan va 30 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2012-yil iyul oyida u Nijnekamskning „Nefteximik“ klubiga ijara asosida oʻtgan va 19 oʻyinda maydonga tushib 2 gol urgan.

2013-yilning 25-iyulida, uch mavsumlik tanaffusdan soʻng, „Rubin“ning katta jamoasida oʻynamay, Galiulin „Yagodina“ga qarshi UEFA Yevropa ligasi javob uchrashuvini boshlagan. U yorqin oʻyin oʻtkazgan va Gokdeniz Karadenizga yordam berib, oʻyindagi yagona golga mualliflik qilgan.

Tosno FK

U 2018-yil 9-may kuni Volgograd Arenada „Tosno“ FC Avangard Kurskga qarshi 2017-18-yilgi Rossiya kubogi finalida gʻalaba qozonganida asosiy tarkibda oʻynagan.

Andijon

Vagiz 2025-yilgi mavsum ikkinchi yarmini Oʻzbekistonning „Andijon“ klubida oʻynagan.

Terma jamoadagi faoliyati

Galiulin 14 ta oʻyinda qatnashgan Oʻzbekistonlik xalqaro futbolchi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2008-yilning sentabrida Qatarga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan xolda amlaga oshirgan.

2011-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Yutuqlari

Klub

Rubin

  • Rossiya chempioni: 2008
  • Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2010
Tosno
  • Rossiya kubogi: 2017-18

Andijon

Faoliyat statistikasi

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
FC Andijon 2004 Oʻzbekiston ligasi 3 0 0 0 - - 3 0
FK Buxoro 2005 1 0 0 0 - - 1 0
FC Rubin Kazan 2006 Premyer Liga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2007 0 0 1 0 - - 1 0
2008 1 0 1 1 - - 2 1
2009 0 0 1 0 0 0 - 1 0
2010 7 0 1 0 0 0 1 0 9 0
FC Sibir Novosibirsk 11 0 0 0 0 0 - 11 0
2011-12 FNL 19 0 0 0 - - 19 0
Jami 30 0 0 0 0 0 0 0 30 0
FC Neftekhimik Nizhnekamsk 2012-13 FNL 19 2 0 0 - - 19 2
FC Rubin Kazan 2012-13 Premyer Liga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2013-14 0 0 0 0 1 0 - 1 0
Jami 8 0 4 1 1 0 1 0 14 1
FC Ufa 2014-15 Premyer Liga 23 0 1 0 - - 24 0
2015-16 9 0 2 0 - - 11 0
Jami 32 0 3 0 0 0 0 0 35 0
FC Tosno 2015-16 FNL 9 2 0 0 - - 9 2
2016-17 31 4 3 1 - - 34 5
2017-18 Premyer Liga 23 3 4 1 - - 27 4
Jami 63 9 7 2 0 0 0 0 70 11
Karyerada jami 156 11 14 3 1 0 1 0 172 14
Yuqori