| Tashkil topgan | 2002 |
|---|---|
| Boshlangan amaliyotlari | 2003-yil 21-yanvar |
| Baza aeroporti | Yakutsk aeroprti, Vnukov aeroport |
| Havo tuguni | Yakutsk |
| Bosh qarorgohi | Yakutsk |
| Muhim shaxslar | Andrey Vinokurov |
| Sof foyda | 1635.91 mln rubl |
| Xodimlar soni | 1000 |
| Sayti | yakutia.aero |
„Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ (saxa.: „Якутия“ авиакомпания) — Yakutsk va Vnukovo (Moskva) aeroportlaridan foydalanadigan Rossiya aviakompaniyasi.
Tarixi

Saxa respublikasi (Yoqutiston) Rossiya Federatsiyasi hududidagi eng yirik maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib, fuqaro aviatsiyasi yil davomida harakatlanadigan mamlakatdagi yagona transport turidir va u respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishida ulkan rol oʻynaydi. 2002-yil 30-iyulda Saxa respublikasi (Yoqutiston) Prezidenti Vyacheslav Shtirovning farmoni bilan „SaxaAvia“ va „Yakutskiye avialinii“ aviakompaniyalari negizida mintaqaviy oʻrta masofali „Yakutiya“ aviakompaniyasi tashkil etiladi. 2013-yilning 23-yanvarida Yakutiya aviakompaniyasi oʻzining bortida 49 nafar yoʻlovchi bilan Sukhoi Superjet 100 samolyotida Yakutsk — Xabarovsk yoʻnalishida birinchi yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan. 2016-yil dekabr oyida „Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ „Polyarniye avialinii“ kompaniyasini sotib oladi. Bitim natijasida Yakutiya „Polyarniye avialinii“ kompaniyasining 100% minus bir ulushiga ega boʻladi. „Oltin“ aksiya Mulk va yer munosabatlari vazirligi tasarrufida Yoqutiston hukumati yurisdiksiyasidadir. 2021-yil 14-sentyabrda Rostransnadzor „Yakutiya“ aviakompaniyasi aviatsiya hodisalari mezoniga kiruvchi 55 dan ortiq hodisani yashirganligini aniqladi. Ertasi kuni aviakompaniyaning bosh direktori Vladimir Gorbunov isteʼfoga chiqadi va uning oʻrinbosari, tijorat direktori Andrey Vinokurov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. 2022-yil yanvar oyida Rosaviatsiya Rostransnadzorning baholashiga rozi boʻlmaydi va 54 ta hodisani roʻyxatdan chiqarib tashlaydi, faqat ulardan bittasi boʻyicha audit tekshiruvini boshlaydi. 2022-yil 26-oktyabrda „Yakutiya“ aviakompaniyasi Uzoq Sharqning yagona aviatashuvchisi „Avrora“ tarkibiga kiradi.
Faoliyati
Aviakompaniyaning bosh ofisi Yakutsk shahrida joylashgan. Aviakompaniyaning asosiy aeroportlari Yakutsk va Moskva shaharlaridagi havo transporti markazlari hisoblanadi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari Rossiya va xorijning 40 dan ortiq turli shaharlarida joylashgan.
Floti
Hozirgi floti
2023-yil iyun holatiga koʻra aviakompaniya parkida 9 ta samolyot mavjud:
| Rasm | Samolyot turi | Foydalanilgan | Buyurtma qilingan | Izoh |
| Boeing 737-700 | 2 | Bort raqamlari: RA-73262, RA-73263 | ||
| Boeing 737-800 | 2 | Bort raqamlari: RA-73260, RA-73261 | ||
| DHC-8-300 | 2 | Bort raqamlari: RA-67268 RA-67270 | ||
| SSJ-95B | 1 | Bort raqamlari: RA-89021 | ||
| SSJ-95LR-100 | 3 | Bort raqamlari: RA-89035; RA-89037 ; RA-89038 | ||
| Jami | 5 turdagi samolyotlar | 10 | 0 |
Sobiq floti
| Rasm | Turi | Miqdori | Foydalanishga kiritilgan yili | Foydalanishdan chiqarilgan yili | Izoh |
|---|---|---|---|---|---|
| An-140 | 4 | 2006-yil | 2014-yil | ||
| Boeing 757-200 | 5 | 2007-yil | 2015-yil | ||
| Boeing 757-200F | 2 | 2011-yil | 2018-yil | Yuk samolyoti | |
| Tu-154M | 10 | 2002-yil | 2018-yil |
Yoʻnalishlari
„Yakutiya“ aviakompaniyasi samolyotlari Saxa respublikasi (Yoqutiston), Uzoq Sharq federal okrugi shaharlari, Rossiya Federatsiyasining markaziy hududlari, MDH mamlakatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Kipr va xorijga muntazam amda charter reyslarini amalga oshiradi.
Hodisalar
- 2018-yil 10-oktyabr kuni Ulan-Ude — Yakutsk yoʻnalishida parvoz qilayotgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketadi va shikastlanadi. Toʻrt nafar yoʻlovchi shifokorlarga murojaat qilgan. Samolyot hisobdan chiqariladi.
- 2021-yil 1-iyul kuni Krasnodar — Novosibirsk — Yakutsk reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-700 samolyoti belgilangan aeroportga yetib kelganida fyuzelyajdagi shikastlanishlar aniqlangan. Yakutiya aviakompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilishicha, samolyotning nogermetik qismi shikastlangan. Asosiy sababi uchish-qoʻnish yoʻlagiga tegib ketishi boʻlgan.
- Rossiya aviakompaniyalari