- Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Shomurodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ilhom Shomurodov | ||
| Tavallud sanasi | 1984-yil 28-mart | ||
| Tavallud joyi | Jarqoʻrgʻon tumani, Oʻz SSR, USSR | ||
| Boʻyi | 183 cm (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2005 | Surxon | 10 | (0) |
| 2006—2007 | Toʻpalang | 27 | (2) |
| 2008 | Mashʼal | 25 | (6) |
| 2009—2016 | Nasaf | 180 | (54) |
| 2012 | Bunyodkor | 5 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012—2014 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Ilhom Shomurodov (1984-yil 28-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Ilhom Shomurodov futbolchilar oilasida dunyoga kelgan, Akasi Azamat va ukasi Oʻzbekiston quyi ligalarida toʻp surgan. Uning eng mashhur qarindoshi, uning jiyani, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdir.
Faoliyatini 2004-yilda Termizning „Surxon“ tarkibida boshlagan, 2005-yil oxirigacha bu jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2006-yilda birinchi ligada toʻp surgan Sariosiyoning „Toʻpalang“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. „Toʻpalang“ klubida oʻtkazgan ikki mavsum davomida u 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
2008-yil boshida u oliy ligada Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtib, bir mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsum oraligʻida Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, 2012-yilning yoziga qadar oʻynagan. Bu vaqt ichida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi. 2012-yil oʻrtalarida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi va beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yil boshida u „Nasaf“ga qaytdi. 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Oliy ligaasida 150 uchrashuvini Nasaf tarkibida oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta gol urib Nasaf jamoasining Kubok chempioni boʻlishida katta xissa qoʻshgan. Shu mavsumning oʻzida „Nasaf“ klubining Oliy liga baxslaridagi 1000 goli muallifiga aylanib tarixga kirdi. 2017-yilgi mavsum oldidan Ketma ket olingan jaroxatlar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi.
Yutuqlar
Nasaf
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2009, 2010, 2013, 2014
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2015
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2013
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016
- OFK kubogi sohibi: 2011
Bunyodkor
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2012
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2012
Shaxsiy hayoti
Akasi — Otabek (1974), jiyani Eldor (1995) va Ogʻabek (2005), futbolchilar.
- 28-martda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Surxondaryoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Toʻpalang klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari