- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Shomurodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Otabek Shomurodov | ||
| Tavallud sanasi | 1974-yil 21-iyul | ||
| Tavallud joyi | Jarqoʻrgʻon tumani, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 1.81 m (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998—1999 | Surxon Termiz | 41 | (1) |
| 1999—2002 | Neftchi | 75 | (3) |
| 2002—2004 | Surxon Termiz | 52 | (8) |
| 2004—2005 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 11 | (0) |
| 2005—2006 | Dinamo Samarqand | 26 | (1) |
| 2006 | Shoʻrchi Lochin | ? | (11) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000—2001 | Oʻzbekiston | 9 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Otabek Shamuradov (ruscha: Шамурадов, Отабек; 1974-yil 21-iyulda tugʻilgan) – oʻzbek futboli yarim himoyachisi, 2000-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida toʻp surgan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida ham oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
1998-yilgi mavsumda „Surxon“ (Termiz) klubida Oʻzbekiston oliy divizionida debyut qilgan. Surxon jamoasitarkibida keyinchalik ikki mavsum davomida oʻynagan. 2000-yilda mamlakatning oʻsha davrdagi eng kuchli klublaridan biri – „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtib, ikki yarim yil uning jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida Oʻzbekiston chempioni va kumush medali sovrindori boʻlgan. 2002-yilning yozida „Surxon“ klubiga qaygan va ikki mavsum davomida Termiz jamoasi tarkibida oʻynagan.
Keyinchalik Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va „Samarqand-Dinamo“ jamoalari safida ham oʻynagan. Faoliyatini yakunlagashidam avval Shoʻrchi tumanining"Shoʻrchi" safida birinchi ligada oʻynagan. Otabek Oʻzbekiston oliy divizionida jami 205 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol muallifi boʻlgan.
Milliy terma jamoa
Otabek 2000-yilning 1-sentyabrida Iroq terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. 2000-yil oktyabr oyida Livanda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etib, guruh bosqichidan chiqa olmagan jamoasining uchta oʻyinida ham maydonga tushgan. Hammasi boʻlib 2000—2001-yillarda terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston chempioni : 2001
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2000
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi : 2000/2001
Shaxsiy hayoti
Ukasi Ilhom (1984-yil) va jiyani Eldor (1995-yil) ham futbolchi.
Otabekning Oybek va Ogʻabek ismli oʻgʻillari bor, ular ham futbolchi.
- 21-iyulda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Shoʻrchi-Lochin futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar