Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqu

Ravshanbek Olimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ravshanbek va familiyasi Olimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ravshanbek Olimov
 Oʻzbеkistоnning Turkmanistondagi elchisi
 
Mansab davri
2024-yildan  hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Vazir Baxtiyor Saidov
Oʻtmishdoshi Akmaljon Qoʻchqorov
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
2003-yildan  2005-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Vazir Sodiq Safoyev
Oʻtmishdoshi Shomansur Shohalilov
Vorisi Ilhom Haydarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966-yil 18-may (1966-05-18) (60 yosh)
Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR

Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi.

Biografiya

1966-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tugʻilgan.

1990-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.

1997-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1990-yildan 1992-yilgacha – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi „Nihol“ markazi talabalar bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi.

1993-yildan 1994-yilgacha – „Oʻzbelst“ Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.

1994-yildan 1996-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1997-yildan 2000-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahatchisi.

2000-yildan 2001-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari kompleksi yetakchi mutaxassisi.

2001-yildan 2003-yilgacha – Oʻzbekiston makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tashqi savdo balansini prognozlash boshqarmasi boshligʻi.

2003-yildan 2005-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2005—2008-yillarda – Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi (bir vaqtning oʻzida Portugaliyada);

2008-yildan 2011-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011—2018-yillarda – Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi.

2018-yildan 2020-yilgacha – Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan 2024-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.

2024-yildan buyon Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi.

Yuqori