- Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Saidov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Baxtiyor Odilovich Saidov | |
|---|---|
![]() Saidov (2024) | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
| Mansab davri 30-dekabr 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Vladimir Norov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri | |
| Mansab davri 2021-yildan – 2022-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Shermatov |
| Vorisi | lavozim bekor qilingan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1981-yil 22-aprel Samarqand, Samarqand viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | |
Baxtiyor Odilovich Saidov (tugʻ. 1981-yil, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, elchisi va davlat arbobi. 2021-yildan 2022-yil soʻngiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.
Hayoti
2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil yanvar oyida „Oʻzbekengilsanoat“ AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi boʻlib ishlagan. 2018-yil 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi boʻlib ham ishlagan.
2021-yil 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Saidov nomzodini Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladi.
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.
Bayonotlari
Baxtiyor Saidov Xalq taʼlimi vaziri ekan, xalq taʼlimi xodimlarining 280 ming nafari, yaʼni 56 foiz qismining salohiyati talab darajasida emasligi haqida bayonot bilan chiqqan.
Mukofotlari
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yilda unga Tszyansi universiteti (Xitoy) faxriy professori unvoni berilgan.
2020-yilda ShHT Mudofaa vazirlari kengashi qarori bilan „Harbiy sohada doʻstlik va hamkorlik“ni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun kengash belgisi bilan taqdirlangan.
- 22-aprelda tugʻilganlar
- 1981-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonning Xitoydagi elchilari
- Oʻzbekistonning Filippindagi elchilari
- Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi elchilari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
