Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilhom Oʻtkirovich Haydarov (1968-yil 22-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. 2025-yildan Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Ilhom Haydarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Haydarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ilhom Oʻtkirovich Haydarov

Oʻzbekyengilsanoat raisi Haydarov 2010-yil 30-sentyabr kuni Nyu-Dehli shahrida Hindistonning Toʻqimachilik vaziri Shri Dayanidhi Maranga bilan uchrashuvi
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
2006-yildan  2009-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshanbek Olimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1968-yil 22-avgust (1968-08-22) (57 yosh)
Toshkent

Ilhom Oʻtkirovich Haydarov (1968-yil 22-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. 2025-yildan Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Biografiya

Toshkent universitetini, Rossiya tashqi savdo akademiyasini, Rossiya xalqaro paxta maktabini tamomlagan.

1992–1997 – Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „Oʻzprommashimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi paxta va toʻqimachilik yeksport boʻlimi texnologik asbob-uskunalar importi boʻyicha direktor oʻrinbosari.

1997–1999 – „UZDUN A. G.“ Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma korxonasi direktori.

1999–2001 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi marketing boʻlimi boshligʻi.

2001–2004 – Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi maslahatchisi.

2004–2005 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda.

2005–2006 – „Oʻzmarkazimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi raisi.

2006-2009 – Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2009–2024 – „Oʻzbekengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi.

2021–2024 – Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi.

2024–2025 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2025-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Yuqori