Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Davron Abitovich Nazarmuhamedov — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2019—2023-yillarda Xor

Davron Nazarmuhamedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Nazarmuhamedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Davron Abitovich Nazarmuhamedov
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2015-yil 23-apreldan  2017-yil 3-yanvargacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ixtiyor Abdullayev
Vorisi Umar Ismoilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1975-yil 10-noyabr (1975-11-10) (50 yosh)
Toshkent
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1992-yildan
Unvoni General-mayor

Davron Abitovich Nazarmuhamedov — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari. 2019—2023-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

Biografiyasi

1992—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

1996—1998 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili.

1998—1999 — Sobir Rahimov tumani ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.

1999—2002 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili.

2002—2006 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, boshligʻi.

2006—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2010—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2014—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.

2014—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi.

2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2019—2023 — Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2023-yil 8-avgustdan 2026-yil 27-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi.

2011-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

Yuqori