| Shiori | Yoshlar — kelajak bunyodkori |
|---|---|
| Ishga tushgan sanasi | 2017-yil 30-iyun |
| Hududiy xizmati | |
| Asoschi(lar)i | Shavkat Mirziyoyev |
| Til(lar)i | oʻzbekcha |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi – 2017-yil 30-iyunda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot.
Tashkilot tashkil etilgan sana – 30-iyun Oʻzbekistonda "Yoshlar kuni" sifatida keng miqyosda nishonlanadi.
2017-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-qavvatlash toʻgirisida“ farmoni qabul qilingan.
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi — jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish,yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Aʼzolik
O'zbekiston yoshlar ittifoqiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 14 yoshga toʻlgan, lekin 30 yoshdan katta boʻlmagan shaxslar aʼzo xisoblanadi.
- Alifbo boʻyicha tashkilotlar
- Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari
- Oʻzbekiston tashkilotlari