Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ivan Alekseyevich Bunin (1870.10 (22) 10, Voronej; 1953-yil 11-avgust, Parij) — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1909). 1920-yildan emi

Ivan Bunin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Bunin
Tavalludi
Ива́н Алексе́евич Бу́нин

22-oktyabr 1870-yil
Vafoti 8-noyabr 1953-yil(1953-11-08)
(83 yoshda)
Parij, Fransiya
Kasbi Yozuvchi
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi va Fransiya
Janr badiiy adabiyot, sheʼriyat, tarjimalar
Mukofotlari
Nobel mukofoti laureati
Nobel mukofoti laureati
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1933)
Pushkin mukofoti (1903-1909)
Imzosi

Ivan Alekseyevich Bunin (1870.10 (22) 10, Voronej; 1953-yil 11-avgust, Parij) — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1909). 1920-yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz sheʼriyati anʼanalarining davomchisi („Xazonrezgi“, toʻplam, 1901). Hikoya va povestlarida (koʻpincha oʻtmishni qoʻmsash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi („Antonov olmalari“, 1900), qishloqning ogʻir qismati („Qishloq“, 1910; „Qaqragan vodiy“, 1911), turmush maʼnaviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi („Sanfransiskolik janob“, 1915) yaqqol tasvirlangan. Kundalik tarzidagi „Badbaxt kunlar“ (1918-yil, 1925-yilda nashr etilgan)da oktyabr toʻntarishi keskil rad etilgan; Rossiyaning oʻtmishini tiklash, adibning oʻz bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan. Sevgi haqidagi hikoyalarida („Mityaning sevgisi“, 1925); „Qorongʻi xiyobonlar“ (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. B. memuarlar yozgan. G. Longfelloning „Gayavata haqida qoʻshiq“ (1896) asarini tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureati (1933).(1887 1953) ijod kilgan

Yuqori