Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Olgʻa tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 7,1 ming km2. Aholisi 38 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 5,6 kishidan

Olgʻa (tuman)

Olgʻa tumani
qoz. Алға ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻba viloyati
Maʼmuriy markazi Olgʻa
Asos solingan sanasi 1933-yil
Akim Tagimov Marat Mirzagʻaliyevich
Rasmiy tillar rus, qozoq
Aholi (2012) 38,869 (4-oʻrin)
Zichligi 5,4 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 7 100 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71337
Pochta indeksi 030200-030214
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://algaonline.net/
Xaritada
Olgʻa tumani xaritada
49°54′31.68″N 57°19′40.08″E / 49.9088000°N 57.3278000°E / 49.9088000; 57.3278000

Olgʻa tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 7,1 ming km2. Aholisi 38 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 5,6 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tuman markazi — Olgʻa shahri.

Tarix

1933-yil Klyuchevoy tumani tumani boʻlib tashkil topdi. 1963-yili tuman nomi Olgʻa tumani deb oʻzgartirildi.

Geografiyasi

Olgʻa tumanining shimoli-gʻarbida Tasqoʻrali togʻi (balandligi 386,7 m), janubiy-gʻarbida Besoʻba togʻi joylashgan (balandligi 324 m). Ulardan boʻlak Oqquduq, Qoramen, Keruentau, Aqshoʻqi, Qayqi, Yeset, Besoʻba, Qoratepa, Nartau, Tasshoʻqi togʻlari bor. Foydali qazilmalaridan toshkoʻmir, neft, fosforit, qurulish materiallari va boshqalari uchraydi. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli, respublika ahamiyatiga ega Oqtoʻba — Atirau avtomabil yoʻli oʻtadi.

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.

Sanoati

Mineral oʻgʻitlarini ishlab chiqaruvchi Oqtoʻba «Nitroxim», «Neoxim» kimyo korxonalari, non, yogʻ zavodlari faoliyat yuritmoqda.

Yuqori