Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Jannatga yoʻl“ – oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston. 1980-yil mart oyida eʼlon qilingan. Doston Oripovning eng taniqli asarlaridan bi

Jannatga yoʻl

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jannatga yoʻl
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i dramatik doston
Nashr etilgan sanasi 1980
Nashriyot Oʻzbekiston KP markaziy komitetining nashriyoti
Sahifalar soni 47

Jannatga yoʻl“ – oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston. 1980-yil mart oyida eʼlon qilingan. Doston Oripovning eng taniqli asarlaridan biridir. 2021-yil Qirgʻzistonlik shoir va yozuvchi Rahim Karimov dostonni rus va ingliz tillariga tarjima qilgan.

Doston ilk marotaba marotaba Toshkent shahrida Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining nashriyotida chop etilgan. Ilk nashr kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan.

Doston fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan. Asardagi voqealar „narigi dunyo“da sodir boʻladi. Aslida esa mifologiya yordamida realistik hodisalar yoritilgan, yaʼni adib afsonaviy naql vositalari orqali real dunyo muammolarini talqin qiladi. Oripov ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoki imkon boricha roʻyobga chiqariladigan istak emas, balki amalga oshirilishi zarur ehtiyoj oʻlaroq tasvirlagan.

Yuqori