Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dmitriy Li Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida, mashinasozlik va metallurgiya sohalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Dmitriy Li

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dmitriy Li
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori
Mansab davri
2019-yil 10-yanvardan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1982-yil 21-avgust (1982-08-21) (44 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Dmitriy Romanovich Li (Дмитрий Романович Ли) — oʻzbekistonlik texnolog va davlat arbobi.

Biografiyasi

Dmitriy Li Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida, mashinasozlik va metallurgiya sohalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan.

2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori boʻlgan.

2022-yil 29-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

2024-yil 26-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd qilingan. Suiqasd ishi doirasida Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi ikki nafar chechenistonlik — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovni xalqaro qidiruvga bergan. Ular Allamjonovdan tashqari Dmitriy Liga suiqasd urinishiga aloqadorlikda gumonlangan.

Mukofotlari

  • Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Yuqori