Mitan | |
|---|---|
| Qishloq | |
![]() | |
| 40°0′33″N 66°32′49″E / 40.00917°N 66.54694°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Samarqand viloyati |
| tuman | Ishtixon tumani |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 |
| | |
Mitan — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-yildan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand shahridan 68 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishini tashkil etadi (2000). Mitan Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 yillarda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-yilda Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. "Mitan" soʻzi shaharcha hududida yashovchi oʻzbeklarning qad. "mitan" (muytan) urugʻi nomidan kelib chiqqan. M.da paxta tozalash zavodi, MTP, dehqon bozori, 2 ta umumiy taʼlim maktabi, iktidorli oʻquvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya boʻlimi, dorixonalar faoliyat koʻrsatadi.
- Oʻzbekiston:Shaharchalar
- Ishtixon tumani


