Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aymeric Jean Louis Gerard Alphonse Laporte ((talaffuzi: Aymerik Jan Lui Jerar Alfons Laport) 1994-yil 27-mayda tugʻilgan) – professional futbolchi, Saudiya Pro

Aymeric Laporte

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aymeric Laporte
Laporte Al-Nassr tarkibida, 2023-yil.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aymeric Jean Louis
Gérard Alphonse Laporte
Tavallud sanasi 1994-yil 27-may (1994-05-27) (32 yosh)
Tavallud joyi Agen, Fransiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Markaziy Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Nassr
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2009 SU Agen
2009—2010 Bayonne
2010—2011 Athletic Bilbao
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Basconia 33 (2)
2012 Athletic Bilbao B 8 (0)
2012—2018 Athletic Bilbao 161 (7)
2018—2023 Manchester City 108 (8)
2023— Al-Nassr 39 (7)
Milliy terma jamoa
2011 Fransiya U17 11 (1)
2011—2012 Fransiya U18 9 (0)
2012—2013 Fransiya U19 12 (1)
2013—2016 Fransiya U21 19 (1)
2021— Ispaniya 40 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 17-yanvar uchun)

Aymeric Jean Louis Gerard Alphonse Laporte ((talaffuzi: Aymerik Jan Lui Jerar Alfons Laport) 1994-yil 27-mayda tugʻilgan) – professional futbolchi, Saudiya Pro ligasining „An-Nasr“ klubi va Ispaniya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp tepadi. U avval Basconia va Atletik Bilbao klublarida faoliyat yuritgan.

U 2010-yil, 16yoshida Bilbaoning „Atletik“ klubiga qoʻshilganida, Laporte Fransiyada tugʻilgan Bixente Lizarazudan keyin ular uchun oʻynagan ikkinchi futbolchiga aylandi. Aymeric Klub uchun 222 ta oʻyinda maydonda harakat qilgan. 2018-yilning yanvarida u „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi. U 2019-yilda ingliz erkaklar futbolida birinchi mahalliy treblni qoʻlga kiritgan tomonning bir qismi edi.

Fransiyada tugʻilgan Laporte, yoshlar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda mamlakat uchun 51ta oʻyinda gʻalaba qozongan va ikki marta kattalar jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonda harakat qilmagan. 2021-yilda Ispaniya fuqaroligini olgach hamda FIFAdan milliy terma jamoalarni almashtirishga ruxsat olganidan soʻng, Laporte Ispaniya terma jamoasining UEFA Yevro-2020 uchun terma jamoasiga kiritildi.

Yoshligi

Laport Fransiyaning Akvitaniyadagi Agen shahrida tugʻilgan; va u bobosi va buvisi orqali basklardandir. U besh yoshida futbol va regbi bilan shugʻullana boshlagan va Agenning futbol akademiyasida oʻz rivojlanishini boshlagan. 2009-yilda u klubning skauti tashabbusidan soʻng Bilbaoning „Atletik“ jamoasiga taklif qilindi; klub bilan kelishib, u Bayonne bilan bir mavsum oʻtkazdi.

Klublardagi faoliyati

Athletic Bilbao

Laport 2010-yilda Bilbaoga rasmiy ravishda yetib keldi va „Atletik“ning Lezamadagi yoshlar tarkibiga qoʻshildi va u bilan shartnoma imzolanishi Basklar mintaqasi bilan zaif aloqalari tufayli ularning siyosati mezonlariga mos keladimi yoki yoʻqmi, degan savolga mahalliy muhokamalarga sabab boʻldi. U klubning yoshlar va oʻrinbosar jamoalarida toʻp suradi. 2012-yil 28-noyabrda murabbiy Marselo Bielsa asosiy tarkibdagi debyutini oʻtkazdi. Oʻsha mavsumda UEFA Yevropa ligasida „Hapoel Ironi Kiryat Shmon“ga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qiladi.

Laporte oʻzining La Ligadagi ilk uchrashuvini 2012-yil 9-dekabrda oʻtkazdi va „Selta“ga qarshi oʻyinda (1:0) bir daqiqagina maydonda harakat qiladi. U keyingi haftada asosiy tarkibda maydonga tushdi va "sherlar" ga „ Malyorka“ni bir to;p farqi hisobda magʻlub etishga yordam berdi. Koʻp oʻtmay, albatta, asosiy jamoaga koʻtarildi va 2015-yilgacha yangi shartnoma imzoladi. 2013-yil 14-yanvarda unga Ustarits ilgari kiygan 4-raqamli forma berildi. Oy oxirida uning transferi 27.5 million yevropaga yetgani holda shartnomasini 2016-yilgacha yangiladi.

Laporte yangi bosh murabbiy Ernesto Valverde qoʻl ostida muntazam boshlangʻich futbolchiga aylandi va baʼzida chap qanot himoyachisi sifatida ham maydomda harakat qildi. U professional sifatidagi birinchi golini 2013-yilning 28-oktabrida kiritdi va bu oʻyindagi yagona gol sifatida „Xetafe“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritildi. 2013—14-yilgi mavsum liga baxslar oxirida u Liga de Fútbol Profesional muxbirlari tomonidan La Liganing yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi deb topildi.

2015-yil iyun oyida Laporteʼning transferi 50 million yevroga yetgani holda 2019-yilgacha uzaytirdi. 2015-yilgi Ispaniya kubogi finalida "Barselona" ga magʻlub boʻlganidan soʻng 2015-yilgi Ispaniya Superkubogi gʻolibligining ikkala oʻyinini ham xuddi shu raqibga qarshi oʻtkazdi, bu Bilbaoning 31 yil davomidagi ilk kumush medali.

2016-yilning 13-iyunida Laporte shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirdi, uning tovon puli 65 million yevroga koʻtarildi.

Manchester City F.C.

2018-yilning yanvar oyidagi qishki transfer oynasi tugashiga yaqin Laporte „Manchester Siti“ bilan 57 million funt sterling transfer narxi evaziga shartnoma imzoladi (uning shartnomadagi tovon puli va har ikki klub uchun rekord darajadagi koʻrsatkich boʻlgan). Unga 14-raqamli futbolka berildi. Bilbao esa darhol uning oʻrniga Inigo Martinesga toʻlovning yarmini sarfladi.

Shartnoma imzolanganidan bir kun oʻtgach, Laport „Manchester Siti“ va Premer-ligadagi debyutini „ Vest Bromvich“ ga qarshi oʻtkazdi. „Siti“ 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni saqlab qoldi. U „Siti“ safida mavsum davomida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, Premer-liga mavsumida misli koʻrilmagan 100 ochko jamgʻarishiga yordam berdi. U ligada jami toʻqqizta oʻyin oʻtkazdi, yaʼni u gʻoliblik medaliga loyiq edi.

Laporte 2018-yilning 25-avgustida „Siti“ safidagi ilk golini „Vulverxempton“ ga qarshi oʻyinda (1:1) hisobni tenglashtirgan edi. U 2018-19-yilgi mavsumda 51 ta oʻyinda maydonga tushdi. Klub Angliya futboli tarixidagi ilk mahalliy trebl(Premer-liga, Angliya kubogi, Liga kubogi va Community Shield) bilan yakunladi. U mavsum davomida beshta gol urdi, shu jumladan, Premier-liga turnirining soʻnggi kunida muhim golni kiritdi. „Siti“ „Brayton“ ustidan gʻalaba qozonib, ketma-ket liga chempionligini va Laportening faoliyatidagi ikkinchisini qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, u jami 4352 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019-yil 31-avgust kuni Laport oʻng tizzasidan jarohat olib, uni zambilda olib ketishdi. U 2019-yil sentabr oyida operatsiya qilindi.

Laporte 2019-20-yilgi mavsumda jarohatdan qaytganidan soʻng va 2020-21-mavsum boshidan 2020-yil 21-noyabrda „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda 2:0) yomon oʻyin koʻrsatmaguncha, Laport „Manchester Siti“ning avtomatik boshlovchisi boʻlgan. Jon Stounz himoya markazida Laportni almashtirdi va asosiy tarkibda Laport yoʻqligida yangi imzolangan Ruben Dias bilan ajoyib hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 2021-yil 25-aprelda Laport boshi bilan oʻyindagi yagona golni urdi, chunki „Siti“ „Tottenxem“ni magʻlub etib, ketma-ket toʻrtinchi Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maydonlarda

Fransiya

Laporte Fransiya terma jamoasi sharafini 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan jamolarida himoya qilgan. U 2013-yilda Litvada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning bir qismi boʻlgan va turnirning eng zoʻr futbolchilardan iborat jamoasidan oʻrin olgan.

2016-yil 24-mart kuni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2017-yilgi Yevropa chempionati saralashida Angers tarkibida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda Laporte oʻng suyagi va toʻpigʻi sinishi tufayli mavsumni muddatidan oldin yakunladi. Avvalroq, 2015-yil oktabr oyida u Fransiya tomonidan UEFA Yevro 2016’da ishtirok etishdan bosh tortsa, Ispaniya terma jamoasini himoya qilish imkoniyatini koʻrib chiqishini aytgan edi.

2016-yil avgust oyida terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi buyrugʻi bilan Laporte oʻzini Ispaniyaga munosib ekanligini isbotlash jarayonini boshladi. Bir oy oʻtgach, u oktabr oyida Bolgariya va Gollandiyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. Fransiyada oʻynashni davom ettirish maqsadida Ispaniya fuqaroligiga ariza bermaslikka qaror qilganini aytdi. U ikkala uchrashuvda ham ishtirok etmadi.

2019-yil avgust oyida u Fransiyaning UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi doirasidagi Albaniya va Andorraga qarshi oʻyiniga chaqirildi. Biroq, ikki kundan keyin u Premier Liga oʻyinida jarohat oladi.

Ispaniya terma jamoasida

2021-yil may oyida Ispaniya Vazirlar Kengashi Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi (RFEF) tomonidan uning nomidan boshlangan jarayondan soʻng Laportega Ispaniya fuqaroligini berdi; FIFA oʻsha haftaning oxirida fuqaroligini oʻzgartirishni maʼqulladi va unga Ispaniya terma jamoasi uchun boʻlajak UEFA Yevro-2020 turnirida oʻynashga ruxsat berdi. Laporte avvalroq: „Ispaniya terma jamoasida oʻynash haqida gap boʻlishi mumkin emas“, deya ikki fuqarolik uchun ariza bermasligini aytgan edi.

2021-yilning 24-mayida Laporte Ispaniyaning Yevro 2020 uchun 24 kishilik tarkibiga kiritildi. 4-iyun kuni u Ispaniyadagi debyutini Portugaliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida golsiz durang bilan boshlagan edi. U milliy terma jamoadagi debyut golini 23-iyun kuni guruh bosqichida Slovakiyaga qarshi oʻyinda (5:0) kiritdi.

Oʻyin uslubi

Ispaniyalik futbol (sport) jurnalisti Guillem Balague Laportni „orqada frontda oʻynay oladigan kuchli markaziy himoyachi“ deb taʼriflaydi hamda qoʻshimcha sifatida „u, albatta, kuchli himoyachi“, deb qoʻshimcha qiladi. U oʻzining ajoyib paslar uzatishlar qobiliyati bilan ham tanilgan.

Shaxsiy hayoti

Uning ukasi Leo Laporte (talaffuzi: Leo Laport) ham Deportivo Alaves tarkibida toʻp tepadi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollar
Klub Mavsum Liga Mahalliy kubokda Liga kubogida Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Basconia 2011-12 Tercera División 33 2 33 2
Athletic Bilbao B 2012-13 Segunda División B 8 0 0 0 8 0
Athletic Bilbao 2012-13 La Liga 15 0 0 0 2 0 17 0
2013-14 La Liga 35 2 3 0 38 2
2014-15 La Liga 33 0 7 0 9 0 49 0
2015-16 La Liga 26 3 5 2 12 0 2 0 45 5
2016-17 La Liga 33 2 4 0 6 0 43 2
2017-18 La Liga 19 0 1 0 10 1 30 1
Umumiy 161 7 20 2 39 1 2 0 222 10
Manchester City 2017-18 Premyer-liga 9 0 1 0 0 0 3 0 13 0
2018-19 Premyer-liga 35 3 4 0 1 0 10 2 1 0 51 5
2019-20 Premyer-liga 15 1 2 0 0 0 3 0 0 0 20 1
2020-21 Premyer-liga 16 0 4 0 3 2 4 0 27 2
2021-22 Premyer-liga 33 4 2 0 0 0 9 0 0 0 44 4
Umumiy 108 8 13 0 4 2 29 2 1 0 155 12
Umumiy faoliyat 310 17 33 2 4 2 68 3 3 0 418 24

Xalqaro maydonlarda

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2021-yil 14 1
2022 1 0
Jami 15 1
Aymeric Laporte tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 23-iyun Estadio de La Cartuja, Sevilya, Ispaniya 4  Slovakiya 2-0 5-0 UEFA Yevro 2020

Sovrinlar

Athletic Bilbao

  • Ispaniya Superkubogi: 2015;
  • Copa del Rey sohibi: 2014-15-yilgi mavsum.

Manchester City F.C.

  • Premer-liga 2017-18, 2018-19, 2020-21, 2021-22-yilgi mavsum gʻolibligi;
  • Angliya kubogi : 2018-19-yilgi mavsum;
  • EFL kubogi : 2017-18, 2018-19, 2020-21-yilgi mavsumlarda;
  • FA Community Shield : 2018-yil;
  • UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2020-21-yilgi mavsum.

Fransiya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2013-yil;

Ispaniya

  • UEFA Millatlar ligasi gʻolibi: 2020-21-yilgi finalchisi;

Shaxsiy sovrinlar

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan jamoasi: 2013-yil;
  • La Liganing eng yaxshi futbolchilardan iborat jamoasi: 2013-14-yilgi mavsum;
  • Yilning PFA jamoasi: 2018-19-yilgi mavsum Premer-liga.

Yana qarang

  • Ispaniyadan tashqarida tugʻilgan Ispaniya terma jamoasi futbolchilari roʻyxati
  • Bir nechta mamlakat uchun kurashgan sportchilar roʻyxati
Yuqori