| Muallif(lar) | Abdulla Qahhor |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | hikoya |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1936 |
| Sahifalar soni | 5 |
Bemor – Oʻzbekiston xalq yozuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub hikoya. Asar 1936-yilda yozib tugatilgan va nashr etilgan.
Hikoya yozuvchining oʻzi yashagan davr muhitini yoritadi hamda unda jamiyatdagi muhim muammolar – qashshoqlik, ilmsizlik, loqaydlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Asarda boy va kambagʻallar oʻrtasidagi tafovut, ularning oʻzaro munosabatlari hamda inson qadr-qimmati dolzarb masala sifatida koʻtariladi. Hikoyaning bosh qahramoni – bemor ayol obrazi orqali muallif butun bir xalqning oʻsha davrdagi ogʻir ijtimoiy holatini ochib beradi.
Turkumlar::
- Oʻzbek tilidagi kitoblar
- Abdulla Qahhor asarlari
- Hikoyalar