|
| |
| viloyat | |
|---|---|
| Tarkibida | 7 ta tumanlar |
| Maʼmuriy markazi | Bomiyon shahri |
| Gubernator | Habiba Sarabi |
| Rasmiy tillar | dariy, hazoragi |
| Aholi | 411 200 (2007) (25-oʻrinda) |
| Zichligi | 29,01 (23-oʻrinda) kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Hazoralar, pushtunlar, forsivonlar |
| Maydoni | 14 175 km² (17-oʻrin) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+4:30 |
| Kod ISO 3166-2 | AF-BAM |
| Xaritada | |
![]() | |
| 34.45°0′0″N 67.15°0′0″E / 34.45000°N 67.15000°E | |
Bomiyon (dariycha: بامیان Bāmiyān, pushtucha: باميان) — Afgʻonistonning markazida joylashgan viloyat . Gʻarbdan Gur viloyati, shimoli-gʻarbdan Saripul viloyati, shimoldan Samangan viloyati, shimoli-sharqdan Bagʻlon viloyati, sharqdan Parvon viloyati, janubi-sharqdan Vardak viloyati, janubda Daykundi va Gʻazni viloyatlari bilan chegaradosh.
Geografiyasi
Bu yerda oʻzining Hindukush togʻ yonbagʻirlaridagi feruza rangli koʻllari va Ajar vodiysidagi qoʻriqxonasi bilan mashhur boʻlgan mamlakatning birinchi milliy parki — Bandi-Amir joylashgan.
Tarixi
Viloyatning asosiy tarixiy yodgorligi Bomiyon Budda haykallari boʻlib, bu oʻlka islom dini tarqalgunga qadar buddaviylik dini markazi boʻlganidan dalolat beradi.
Maʼmuriy tuzilishi

Bomiyon viloyati yettita tumanlarga boʻlinadi
- Bomiyon
- Varas
- Kaxmard
- Panjob
- Saygan
- Shibar
- Yakavlang
Aholisi
Asosiy aholisi — hazoralar. Shuningdek, viloyatda Afgʻonistonning boshqa etnik guruhlari ham istiqomat qiladi.
Aholi punktlari
- Darnosh qishlogʻi
- Dodar qishlogʻi
- Kagor qishlogʻi
- Lagki qishlogʻi
- Payin-Baj qishlogʻi
- Ravi-Sang qishlogʻi
- Afgʻoniston viloyatlari