Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nuriddin Zayniyevich Zayniyev (1952—2015) – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (2002-yil 26-dekabr—2011-yil 30-noyabr).

Nuriddin Zayniyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nuriddin Zayniyev
 5-Qashqadaryo viloyati hokimi
 
Mansab davri
2002  2011
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Hamidov
Vorisi Turobjon Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1952
Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Vafoti 3-fevral 2015-yil (63 yosh)
Siyosiy partiyasi KPSS
Bolalari Farxod Zayniyev (oʻgʻli)
Taʼlim Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1974)
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (2004)

Nuriddin Zayniyevich Zayniyev (1952—2015) – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (2002-yil 26-dekabr—2011-yil 30-noyabr).

Tarjimai holi

Nuriddin Zayniyev 1952-yilda Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 1974-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2004-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

1973-yilda KPSS aʼzosi boʻldi. 1990-yilda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining aspiranti boʻldi. 1991-yilda Qashqadaryo viloyat partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.

Mehnat faoliyatini 1974-yilda viloyat elektr tarmoqlari korxonasi elektr montyori lavozimida boshlagan va shu korxonada navbatchi, katta muhandis, kapital qurilish boʻlimi boshligʻi, texnika-ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan. Shundan soʻng elektr tarmoqlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi raisi, Qarshi shahar, viloyat partiya qoʻmitalari yoʻriqchisi, boʻlim mudiri, viloyat partiya qoʻmitasi kotibi, viloyat universal tovar-xomashyo „Nasaf“ birjasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2002-yilgacha „Muborakneftgaz“ DK neft va gaz konlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2002-yil 26-dekabrda Qashqadaryo viloyati hokimi etib saylandi. 2011-yil 30-noyabrda u hokimlik lavozimidan ozod etilgan.

2000-yilda Qashqadaryo viloyati Muborak 227-okrugidan Oliy Majlis II chaqiriq deputati etib saylangan.

2015-yil 3-fevralda vafot etgan.

Yuqori