Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.

Bobooxun Salimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bobooxun Salimov
 Xiva xonligining Qozi-kaloni
Mansab davri
1910  1918
 Xiva xonligining Shayx ul-islomi
Mansab davri
1910  1918
 Xiva xonligining majlis raisi
Mansab davri
1917  1917
Avvalgisi lavozim tashkil etildi
Keyingisi lavozim bekor qilindi
 XXSR adliya vaziri
 
Mansab davri
1920  1920-yillar oxiri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1874
Gurlen, Xiva xonligi
Vafoti 10.05.1929
Siyosiy partiyasi Yosh Xivaliklar
Dini Islom

Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.

1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad Karim qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobo oxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors bilan rus tillarini oʻrgangan. Madrasada mudarris boʻlib dars bergan.

1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.

1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.

1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.

1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilishda qatnashib, shu yili Rossiya davlati bilan shartnoma tuzish uchun Xorazm davlati tamonidan delegatsiya rahbari boʻlib joʻnatiladi.

Mullo Bekchan bilan birgalikda maktab oʻquvchilari uchun alifbe, oʻqish kitoblari yozgan

1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yili 10 -mayda davlat xodimlari tamonidan uyiga bostirib borib otib tashlanadi, oila a'zolariga ham hujum qilinadi. Bobo oxun Salimov Qaroqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Jumurtogʻ etagidagi Salomat bobo qabristoniga dafn qilingan..

Adabiyotlar

  • Oʻzbekiston tarixi, Toshkent, 1993. 
  • Xorazm Tarixi, Toshkent, 1976. 
Yuqori