Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sigʻnoq, Sunax, Sugʻnoq, Soʻnoqota, Soʻnaq qoʻrgʻon — Sirdaryoning quyi oqimi boʻylarida, Qiziloʻrda (Qozogʻiston)ning jan.da joylashgan qad. shahar. Oʻtroq, ma

Sigʻnoq (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sigʻnoq, Sunax, Sugʻnoq, Soʻnoqota, Soʻnaq qoʻrgʻon — Sirdaryoning quyi oqimi boʻylarida, Qiziloʻrda (Qozogʻiston)ning jan.da joylashgan qad. shahar. Oʻtroq, madaniy viloyatlar bilan dasht oʻrtasidagi chegarada mil. av. III asrda bino etilgan. U X asrda oʻgʻuzlarta tegishli boʻlgan. XI asr oʻrtalaridan yirik savdo shahri, qipchoqlar poytaxti sifatida mashhur. 1219 y. yetti kunlik qamaldan soʻng S. moʻgʻullarning Joʻjixon boshchiligidagi qoʻshini tomonidan vayron qilingan, lekin XIV asrda qayta tiklanib, XIV asr oʻrtasida Oq Oʻrda poytaxtiga aylangan. XV asrda S. oʻzbek xonlarining poytaxt shahri boʻlgan, XVI asrda esa qozoq xonlari tasarrufiga oʻtgan. 14—XVI asrlarda S.da tangalar zarb etilgan, koshin parchalari bilan bezatilib pishiq gʻishtdan ishlangan imoratlar (madrasa, masjid, maqbaralar) qurilgan. Manbalarda S haqida XVIII asrdan keyin maʼlumot uchramaydi. Shahriston (10 ga)ni uragan mudofaa devori va uning 15 minorasi harobalari va rabod (taxminan 13 ga) ni muhofaza qilgan tuproq tepa, shuningdek, XIV—XVI asrlarga oid bir qancha binolarning qoldiqlari saqlangan.



Yuqori