| Tuyaboʻgʻiz GES | |
|---|---|
| Mamlakat | |
| Joylashuvi | Oʻzbekiston |
| Kaskad | Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti |
| Boshqaruvchisi | „Oʻzbekgidroenergo“ AJ |
| Maqomi | Amalda |
| Qurilishi boshlangan yil | 2017 |
| Agregatlar ishga tushgan yillar | 2019 |
| Asosiy tavsifi | |
| Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi | 41,2 |
| Elektr quvvati, MVt | 11,4 |
| Asosiy inshoot | |
| Toʻgʻon turi | mavjud emas |
| Shlyuz | mavjud emas |
| Xarita | |
40°59′28.8300097391″N 69°17′40.9187696795″E / 40.991341669371970°N 69.294699658244312°E
Tuyaboʻgʻiz GES – Toshkent viloyatidagi gidroelektr stansiya. Oʻrta Chirchiq tumani Tuyaboʻgʻiz shaharchasida. Tuyaboʻgʻiz suv omborida joylashgan. Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti, Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Stansiyaga davlat nomidan „Oʻzbekgidroenergo“ AJ egalik qiladi.
GES qurilishi 2017-yil iyunda boshlanib, 2019-yil martda foydalanishga topshirilgan. Loyihalash Gidroproyekt AJ, qurish esa TO‘PALANG HPD IRRIGATION SYSTEMS UK tomonidan amalga oshirilgan. Umumiy quvvati 11,4 MVt, yiliga oʻrtacha 41,2 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 1 600 ta xonadonning elektr toki isteʼmoliga tengdir.
Qurilish vaqtida loyiha qiymati 16,33 mln AQSh dollari boʻlgan. GES ishga tushirilgach esa qiymati 15,8 million AQSh dollari boʻlib, shundan $8,1 million Xitoy eksport-import banki tomonidan moliyalashtirigani maʼlum qiligan.
2018-yil iyul holatiga koʻra, Tuyaboʻgʻiz GESda 61 ming m3 yer ishlari, 6,2 ming m3 beton ishlari amalga oshirilib, 362,7 tonna metall konsruksiya montaj qilingan.
- Elektrostansiyalar
- Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti
- Toshkent viloyati bino va inshootlari
- Oʻrta Chirchiq tumani
