Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oq oʻrda (rus manbalarida Koʻk Oʻrda) — Oltin Oʻrdannng bir qismi. Joʻji-xonning oʻgʻli Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ik-kinchi qismini J

Oq Oʻrda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Oq oʻrda (rus manbalarida Koʻk Oʻrda) — Oltin Oʻrdannng bir qismi. Joʻji-xonning oʻgʻli Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ik-kinchi qismini Joʻjixonning boshqa oʻgʻli Oʻrdaxon (Oʻrda-Ichen) boshqargan. Bu holat 13XIV asrlar davomida oʻzgarmay kelgan. Botuxon avlodiga nomigagina qaram boʻlgan Oʻrdaxon avlodlari keyinchalik, Sasibuqo davrida (1291 — 1310) toʻla mustaqil boʻlib olganlar. Oltin Oʻrda tushunchasi Botuxon davridan boshlab butun Joʻji ulusiga, XIV asr boshidan esa O.Oʻ. ga nisbatan qoʻllangan. O.Oʻ. tarkibiga Sirdaryo havza-sining katta qismi va Orol dengizining shim.sharqidagi choʻllardan Ishim va Sarisuv daryolarigacha yoyilgan hududlar kirgan. Poytaxti— Sigʻnoq shahri (Hozirgi Tumanariq temir yoʻl st-yasi yaqinida). XIV asr oxirida O.Oʻ. Amir Temur tomonidan zabt etilgan. XV asrda O.Oʻ. hududida Oltin Oʻrdaning davomi si-fatida yangi davlatlar (Kamma Oʻrda, Noʻgʻay Oʻrda, Qosimovlar podsholigi hamda Oʻzbek, Qrim, Qozon, Sibir va boshqa xonliklar) vujudga kelgan.

Yuqori