Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Noʻgʻay oʻrda, Noʻgʻay xonligi – Shimoliy Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchil

Noʻgʻay Oʻrda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Noʻgʻay oʻrda, Noʻgʻay xonligi – Shimoliy Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchilar davlati. 14— XV asr boshlarida Oltin Oʻrdadan ajrab chiqadi. Idikuning oʻgʻli Nuriddin zamonida (1426—40) kuchaygan. Aholisi, asosan, mangʻit va qoʻngʻirotlardan iborat boʻlgan. Poytaxti – Saroychik shahri, Qora dengiz boʻylaridan Oʻrta Osiyoga boradigan savdo yoʻlidagi yirik shahar edi. XVI asrda Noʻgʻay oʻrda Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan taʼminlagan. Noʻgʻay oʻrda murzalar boshqargan uluslarga boʻlingan. XVI asr 2- yarmida Noʻgʻay oʻrda Katta Noʻgʻay, Kichik Noʻgʻay va Oltiovul Oʻrdalariga parchalanib ketgan. Noʻgʻay oʻrdada „Idiku“ („Yedigey“) dostoni yaratilgan.

Adabiyotlar

  • Poxlyobkin V. V., Tatari i Rus, ML, 2001



Yuqori