Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Otabek Hamidullayevich Akbarov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2007—2015-yillarda Birlashgan Qirollik, Irlandiya va Norvegiya

Otabek Akbarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Akbarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Hamidullayevich Akbarov
 Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yildan  2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jahongir Gʻaniyev
Vorisi Abat Fayzullayev
 Oʻzbеkistоnning Birlashgan Qirollikdagi elchisi
 
Mansab davri
2007-yildan  2015-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Toʻxtapoʻlat Risqiyev
Vorisi Alisher Kurmanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1967-yil 19-dekabr (1967-12-19) (58 yosh)
Toshkent

Otabek Hamidullayevich Akbarov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2007—2015-yillarda Birlashgan Qirollik, Irlandiya va Norvegiya davlatlaridagi elchisi.

Maʼlumoti

1983-yilda Viktor Uspenskiy nomidagi Respublika oʻrta maxsus musiqa maktabini tugatgan.

1993-yilda Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti sharq filologiyasi bakalavr va magistraturasini tugatgan.

1994-yilda „Klingendal“ nomidagi Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti — Markaziy Osiyo va Moʻgʻulistonlik yosh diplomatlar uchun oʻquv kurslarini tugatgan.

2005-yilda Jeneva siyosiy xavfsizlik markazi — Yangi siyosiy masalalar boyicha oʻquv kurslarini tugatgan.

2014-yilda Kembrij universiteti Markaziy Osiyo forumida katta diplomatik lektor.

Mehnat faoliyati

1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kosullik boshqarmasi katta inspektori.

1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi.

1995—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Bryusseldagi (Belgiya Qirolligi) elchixonasi ikkinchi kotibi.

1998—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi, Boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi.

2000—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Parijdagi (Fransiya) elchixonasi birinchi kotibi.

2004—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi Boʻlim boshligʻi, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.

2007—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2010—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Norvegiya Qirolligidagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Irlandiyadagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2015—2016 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik va xavfsizlik masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʻrta va Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi

2018-yil 19-oktabrdan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2021-yil 22-fevraldan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (Rim) huzuridagi doimiy vakili.

2021-yil 24-fevraldan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro fondi (Rim) huzuridagi doimiy vakili.

2021-yil 24-martdan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (Rim) huzuridagi doimiy vakili.

Yuqori