![]() | |
| Shiori | lotincha: Hinc lucem et pocula sacra |
|---|---|
| Asos solingan sanasi | 1209-yil |
| Talabalari | 24,450 (2020) |
| Veb-sayti | www.cam.ac.uk |
Kembrij universiteti (inglizcha: University of Cambridge; lotincha: Universitas Cantabrigiensis) — Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri boʻlib eng qadimgi universitetlar boʻyicha 3-oʻrinda turadi. Cambridge universiteti XIII asrning 1209-yilda ochilgan boʻlib hozirgacha J. K. Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford va boshqa atoqli buyuk olimlar ishlagan. Filologiya, musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geoleogiyasi va geografiya, matematika, fizika, kimyo, arxeologiya, biologiya, tibbiyot, pedagogika, antropologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fitsuilyama muzeyi, klassik arxeologiya, arxeologiya va etnografiya, zoologiya, geologiya, fan tarixi muzeylari, rasadxona, botanika bogʻi, qishloq xoʻjaligi stansiyasi va boshqalar bor. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanadi. Universitet maʼlumotlariga koʻra, Cambridge bitiruvchilari va oʻqituvchilari 121 ta Nobel mukofotini qoʻlga kiritdilar, bu dunyodagi barcha universitetlar orasida eng koʻp.
- Angliya universitetlari
- Universitetlar
- Oliy oʻquv yurtlariga oid chala maqolalar
