Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abat Fayzullayev – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. Shuningdek 2024-yil dekabrdan Kipr hamda 2025-yil 2-martdan Oʻzbekistonning Maltadagi

Abat Fayzullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abat Fayzullayev

Abat Fayzullaev 2020-yilda
 Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 26-oktyabrdan  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Otabek Akbarov
 Oʻzbеkistоnning Kiprdagi elchisi
 
Mansab davri
2024-yil dekabr  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbеkistоnning Maltadagi elchisi
 
Mansab davri
2025-yil 2-mart  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ilk elchi
 Oʻzbеkistоnning Avstriyadagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yil 3-avgust  2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Asadov
Vorisi Baxtiyor Ibragimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1982-yil 30-dekabr (1982-12-30) (43 yosh)
Nukus

Abat Fayzullayev – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. Shuningdek 2024-yil dekabrdan Kipr hamda 2025-yil 2-martdan Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi. Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi boʻlib ham ishlagan (2020—2023).

Hayoti

1982-yil 30-dekabrda Nukus shahrida tugʻilgan.

Taʼlim

2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti bakalavr bosqichini, 2007-yilda shu fakultet magistraturasini tugatgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya fakulteti bakalavriatini sirtqi boʻlimini tugatgan.

Mehnat faoliyati

2007—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent, attashe, uchinchi kotib, ikkinchi kotib,

2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

2013—2017 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining siyosiy tahlil boʻlimi attashesi.

2017—2018 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi siyosiy tahlil boʻlimining birinchi kotibi.

2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Amerika departamenti birinchi kotibi.

2019—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshligʻi.

2020—2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili etib tayinlanadi.

2022-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2023-yil 26-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi va Rim shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakil hamda 2024-yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. 2025-yil 2-mart O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlanadi.

Yuqori