Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baxtiyor Vahobzoda (1925-yil 16-avgust, Sheki — 2009-yil 13-fevral, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturgi, adabiyotshunosi, tarjimoni, filologiya fanlari doktor

Baxtiyor Vahobzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Baxtiyor Vahobzoda
Tavalludi
Baxtiyar Mahmud o‘g‘li Vahabzade

16-avgust 1925-yil
Sheki, Ozarbayjon SSR
Vafoti 13-fevral 2009-yil
Boku, Ozarbayjon
Kasbi shoir, dramaturg, adabiyotshunos, professor
Ijod qilgan tillari ozarbayjon tili
Fuqaroligi Ozarbayjon
Taʼlimi filologiya
Alma mater Boku Davlat Universiteti
Yoʻnalish milliy-romantik poeziya
Faoliyat yillari 1943–2009
Janr sheʼriyat, doston, drama, publitsistika
Tanlangan asarlari Gulustan, Muğom, Faryod va boshqalar
Mukofotlari Ozarbayjon SSR xalq shoiri (1984); Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti (1976); SSSR Davlat mukofoti (1984); «İstiqlol» ordeni (1995) va boshqalar

Baxtiyor Vahobzoda (1925-yil 16-avgust, Sheki — 2009-yil 13-fevral, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturgi, adabiyotshunosi, tarjimoni, filologiya fanlari doktori va professori. U XX asrning ikkinchi yarmi va mustaqillik davrida zamonaviy ozarbayjon adabiyoti va madaniyatining eng yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning sheʼrlari, dostonlari va pyesalarida vatan, millat, til, ozodlik, inson shaʼni va maʼnaviy masʼuliyat kabi mavzular markaziy o‘rin tutadi.

Baxtiyor Vahabzoda imzosi

Hayoti

Baxtiyor Vahobzoda 1925-yil 16-avgust kuni Sheki shahrida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan. 1934-yilda oilasi bilan Bokuga ko‘chib keladi va o‘rta maktabni shu yerda tugatadi. Keyinchalik u 1942–1947-yillarda Ozarbayjon Davlat Universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi. O‘qishni tamomlagach, universitet aspiranturasida qoladi va 1951-yilda “Samed Vurg‘un lirikasining xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

Shoir sifatidagi ijodi 1943-yilda “Ona va surat” nomli ilk she’ri nashr etilishi bilan boshlanadi. Shundan so‘ng uning she’rlari, ilmiy maqolalari va adabiy tanqidiy fikrlari muntazam ravishda matbuotda chop etila boshlaydi. Uning “Mening do‘stlarim” nomli ilk kitobidagi lirika Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqning kechinmalarini badiiy tarzda aks ettirgan asarlar sifatida baholangan.

Vahobzodaning lirik she’rlari, dostonlari va dramaturgiya namunalarida o‘sha davrning ruhiy va ijtimoiy muammolari falsafiy-lyirik yo‘sinda talqin etiladi. “Ikkinchi ovoz”, “Vijdon”, “Yomg‘irdan keyin”, “Izlar yo‘llarda”, “Faryod”, “Bu dunyo qayoqqa ketmoqda”, “O‘zimizni kesgan qilich”, “Jazosiz gunoh”, “Daraxt”, “Raqobat” kabi pyesalari 1960–2003-yillar davomida Ozarbayjon Davlat Akademik Milliy Drama Teatrida sahnalashtirilgan. U adabiyotshunos-tanqidchi sifatida ham faoliyat ko‘rsatib, 1964-yilda “Samed Vurg‘unning hayoti va ijodi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1950-yildan boshlab Ozarbayjon Davlat Universitetida o‘qituvchi, dotsent va zamonaviy ozarbayjon adabiyoti kafedrasida professor sifatida ishlagan. 1990-yilda nafaqaga chiqqan.

U 1980-yilda Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, 2000-yilda esa haqiqiy a’zosi etib saylangan. 1981-yilda SSSR Yozuvchilarining VII qurultoyida SSSR Yozuvchilar Ittifoqi boshqaruviga a’zo qilib saylangan. Shuningdek, u Ozarbayjon Yozuvchilar Ittifoqi boshqaruvi va oqsoqollar kengashi a’zosi bo‘lgan (1991). Ozarbayjon KP Boku shahar komitetining a’zosi sifatida, shuningdek bir necha chaqiriq davomida shahar xalq deputatlar kengashida, keyinchalik esa Ozarbayjon SSR Ali Sovetining X, XI va XII chaqiriqlarida Ozarbayjon SSR Ali Soveti deputati sifatida faoliyat yuritgan. 1991–1995-yillarda esa Ozarbayjon Respublikasi Ali Sovetining Milliy Shūrasi (keyinchalik Milliy Majlis) a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, 1995 va 2000-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan.

Vahobzoda 1960-yillardan boshlangan ozarbayjon milliy ozodlik harakati yetakchi shaxslaridan biri sifatida tanilgan. U 1958-yilda yozgan “Gulustan” dostoni orqali ikki bo‘lingan Ozarbayjonning tarixiy fojiasini badiiy ravishda ifoda etib, rus va fors imperiyalari ostida ezilgan xalqning erkinlik kurashiga ma’naviy qo‘shilgan. Mazkur asar tufayli 1962-yilda unga “millatchi” tamg‘asi qo‘yilib, bir muddat Ozarbayjon Davlat Universitetidan chetlashtirilgan, biroq ikki yildan so‘ng ishiga qayta tiklangan. Professor Shirmammad Huseynovning ta’kidlashicha, shoir aslida ishdan bo‘shatilmagan, balki keskin norozilik bo‘lmasligi uchun “ilmiy ta’til”ga chiqarilgan.

Shoir o‘z ijodida Sovet davrida milliy o‘zlikni yo‘qotish, ma’naviy bosim, senzura kabi jarayonlarga turli badiiy usullar bilan munosabat bildirgan. Keng qamrovli dostonlari va pyesalarida tarixiy va zamonaviy voqealarni ramziy ma’noda talqin qilgan. Sovet tuzumi bevosita tanqid qilingan asarlarini esa ittifoq parchalangach “Sandıqdan sesler” rukni ostida nashr ettirgan.

Vahobzoda 70 dan ortiq she’riy to‘plam, 2 ta monografiya, 11 ta ilmiy-publitsistik kitob va yuzlab maqolalar, shuningdek 20 dan ortiq katta hajmli tarixiy va zamonaviy dostonlar muallifi hisoblanadi. Uning asarlari ingliz, fransuz, nemis, fors, turk, polyak, ispan, venger tillariga, shuningdek sobiq Sovet Ittifoqi xalqlari tillariga tarjima qilingan.

Vahobzodaning she’riyatida vatanparvarlik, milliy ruh, til masalalari, erkinlik sog‘inchi, tabiat va oilaga oid mavzular alohida o‘rin tutadi. Adabiyot tadqiqotchilari uning ijodida “vatan sevgisi” markaziy g‘oya sifatida namoyon bo‘lishini ta’kidlashadi.

Baxtiyor Vahobzoda 2009-yil 13-fevral kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Boku shahrida vafot etgan.

Oilasi

Shoirning o‘g‘li Isfandiyor Vahobzoda O‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Baxtiyor Vahobzodaning biologik otasi Zakariyya Vahab o‘g‘li, onasi esa turk-musulmon ayoli Xonim Majid qizi bo‘lgan. Oilaning uchinchi farzandi sifatida tug‘ilgan Baxtiyor keyinchalik farzandsiz bo‘lgan Mahmud Zakariyya o‘g‘li Vahabov va uning turmush o‘rtog‘i Gulzor Allahverdi qizi tomonidan asrab olingan.

Jurnalist Shirmammad Huseynovning ma’lum qilishicha, Gulzor Allaverdi qizi 1905–1906-yillardagi arman–musulmon to‘qnashuvlari davrida Vartaşen hududidan (hozirgi O‘g‘uz tumanining Söyüdlü qishlog‘i) Shekiga olib kelingan va musulmon muhitida tarbiyalangan. Shundan so‘ng u Mahmud bilan turmush qurgan. Shu bois Baxtiyor bolaligidan Zakariyyani bobosi, Xonimni buvisi, Gulzorni esa onasi sifatida tanigan.

Taʼlif va mukofotlari

  • "Ozarbayjon SSR xalq shoiri" faxriy unvoni — 26 noyabr 1984
  • Ozarbayjon SSR mehnatdar sanʼat arbobi" faxriy unvoni — 13 sentabr 1974
  • SSSR Davlat mukofoti — 1 noyabr 1984 (Bir geminin yolchusuyuq sheʼrlar toʻplami uchun)
  • Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti — 27 aprel 1976 (Leninle sohbеt va Mugham dostonlari uchun)
  • "Oktyabr inqilobi" ordeni — 16 noyabr 1984
  • "Qizil mehnat bayrog‘i" ordeni — 20 avgust 1975
  • ["Mehnatda farqlanish uchun" medali — 9 iyun 1959
  • "Mehnat faxriysi" medali]]
  • "Istiqlol" ordeni — 15 aprel 1995
  • Ruminiyaning "Layaqot" ordeni (komandor darajasi) — 21 dekabr 2001
  • M.F. Axundov nomidagi adabiy mukofot (Ozarbayjon Yozuvchilar Ittifoqi) — 11 yanvar 1989 (Axı dünya fırlanır dostoni va 1987-yilgi she’riy to‘plami uchun)
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining shaxsiy stipendiyasi — 11 iyun 2002

Xotirasi

Ozarbayjonda

  • Boku, Sheki, Qobustan va Agjabadi shaharlarida markaziy ko‘chalardan biriga Baxtiyor Vahobzoda nomi berilgan.
  • Boku, Sumgait, Sheki va Yevlax shaharlarida Baxtiyor Vahobzoda nomini olgan parklar barpo etilgan.
  • Baxtiyor Vahobzodaning Boku shahridagi Faxriy xiyobonda joylashgan qabr ustiga uning haykali o‘rnatilgan.
  • Baxtiyor Vahobzodaning Sheki shahrida uning nomini olgan park hududida byusti o‘rnatilgan.
  • Goychay shahrida joylashgan "Abadiy yashovchi adiblar" majmuasida Baxtiyor Vahobzodaning byusti o‘rnatilgan.
  • 31 avgust 2018 yilda Sheki shahrida Baxtiyor Vahobzodaning uy-muzeyi]] ochilgan.
  • 21 fevral 2025 yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Baxtiyor Vahobzodaning 100 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida Farmon imzolagan.
  • 2025-yil oktyabr oyida Istanbulning Sariyer tumanida Ozarbayjonning xalq shoiri Baxtiyor Vahobzodaning barelyefi ochilgan. Ochilish marosimida Ozarbayjonning Istanbuldagi Bosh konsulligi, Turkiyada faoliyat yuritayotgan davlat idoralari va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etgan. Barelyef muallifi — Ozarbayjon Rassomlik akademiyasi rektori, xalq rassomi Natiq Alievdir.

Xorijda

  • Turkiyaning bir qator hududlarida Baxtiyor Vahobzodaning nomi abadiylashtirilgan: Adana shahridagi Sosial fanlar litseyi, Elazig shahridagi markaziy ko‘chalardan biri hamda Konya shahridagi bir park shoir nomi bilan ataladi.
  • Serbiyaning poytaxti Belgradda markaziy ko‘chalardan biriga Baxtiyor Vahobzodaning nomi berilgan.

Asarlari

  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Mənim dostlarım. Bakı: Azərnəşr, 1949 65-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Bahar. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1950 49-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Ədəbi heykəl. Bakı: Azərnəşr, 1951 60-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Dostluq nəğməsi. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1953 63-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Çinar. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1956 62-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Sadə adamlar (poema). Bakı: Azərnəşr, 1956 124-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Xalq şairi Səməd Vurğun. Bakı: ADU-nun nəşriyyatı, 1956 129-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Ceyran. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1957 163-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Aylı gecə. Bakı: Azərnəşr, 1958 127-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Şəbi hicran. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1959 89-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. Bakı: Azərnəşr, 1961 273-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Etiraf; Şəbi hicran. Bakı: Uşaqgəncnəşr, 1962 187-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. İnsan və zaman. Bakı: Azərnəşr, 1964 228-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Bir ürəkdə dörd fəsil. Bakı: Azərnəşr, 1966 236-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. Bakı: Gənclik, 1967 411-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Səməd Vurğun. Bakı: Azərnəşr, 1968 346-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Köklər-budaqlar. Bakı: Gənclik, 1968 134-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Dəniz-sahil. Bakı: Gənclik, 1969 142-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Dörd yüz on altı. Bakı: Gənclik, 1970 133-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Bir baharın qaranquşu. Bakı: Gənclik, 1971 168-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Dan yeri. Bakı: Gənclik, 1973 260-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. I cild. Bakı: Azərnəşr, 1974 283-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. II cild. Bakı: Azərnəşr, 1975 250-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Sənətkar və zaman. Bakı: Gənclik, 1976 298-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Açıq söhbət. Bakı: Gənclik, 1977 173-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Sadəlikdə böyüklük. Bakı: Yazıçı, 1978 335-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Açılan səhərlərə salam. Bakı: Yazıçı, 1979 230-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Pyeslər. Bakı: Gənclik, 1980 355-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Payız düşüncələri. Bakı: Yazıçı, 1981 365-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Muğam (az). Bakı: Yazıçı, 1982 132-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Vətən ocağının istisi. Bakı: Gənclik, 1982 181-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. I cild. Bakı: Yazıçı, 1983 425-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Seçilmiş əsərləri. II cild. Bakı: Yazıçı, 1984 448-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Səməd Vurğun. Bakı: Gənclik, 1984 377-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Özümüzlə söhbət. Bakı: Azərnəşr, 1985 264-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Dərin qatlara işıq (məqalələr). Bakı: Yazıçı, 1986 318-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Axı dünya fırlanır. Bakı: Yazıçı, 1987 204-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Gəlin açıq danışaq. Bakı: Azərnəşr, 1988 210-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Lirika. Bakı: Azərnəşr, 1990 214-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Ümidə heykəl qoyun. Bakı: Yazıçı, 1993 124-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Vətəndaş. Bakı: Gənclik, 1994. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Fəryad. Bakı: Azərbaycan, 1995. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Körpü çaydan uzaq düşüb. Bakı: Azərbaycan, 1996. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Bir ömür yuxu. Bakı: Azərbaycan, 1998. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. İstiqlal. Bakı: Gənclik, 1999. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Ağıl başqa, ürək başqa. Bakı: Azərbaycan, 2000. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Ağ atlı oğlan. Bakı: Təhsil, 2002. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Əsərləri. I cild. Bakı: Azərbaycan, 2001 544-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Əsərləri. II cild. Bakı: Azərbaycan, 2002 576-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Əsərləri. III cild. Bakı: Azərbaycan, 2002 512-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Əsərləri. IV cild. Bakı: Çaşıoğlu, 2002 608-bet. 
  • Vahabzadə, Bəxtiyar. Əsərləri. V cild. Bakı: Çaşıoğlu, 2002 504-bet. 

Fil'mografiyasi

  1. Akademik Yusif Memmedeliyev (film, 2005)
  2. Azerbayjon namine (film, 2005)
  3. Baki baghlari. Buzovna (film, 2007)
  4. Baxtiyor Vahobzoda (film, 1987)
  5. Baxtiyor Vahobzoda (film, 2003)
  6. Bizim geribe taleyimiz (film, 2005)
  7. Boyuk omrun anlari (film, 2006)
  8. Dunya shohratli mezun (film, 2003)
  9. Habil Kaman (film, 1984)
  10. Istiqlol shairi (film, 1996)
  11. Kamil (film, 1997)
  12. Qember Huseynli (film, 2007)
  13. Qisas (film, 1991)
  14. Qizlar (film, 2007)
  15. Liderlik missiyasi. 1-qism (film, 2008)
  16. Maestro. Ozum va zaman haqida. Bestekar Xeyyam Mirzazoda (film, 2011)
  17. Matbuot fedaisi (film, 2007)
  18. Mirze Babayev (film, 2001)
  19. Mugham (film, 1995)
  20. Mughamat bor bo‘lgan yerda... (film, 2009)
  21. Togrul Nerimanbayov (film, 1966)
  22. Turkun ulusi. Xalil Rizo Uluturk (film, 2015)
  23. Zirveya doghri (film, 2007)

Tashqi havolalar


Yuqori