Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻtkir Yusupov (qozoqcha: Юсупов, Уткир Давлатбекович; 1991-yil 4-yanvar, Sayram, Qozogʻiston) – oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning Navbahor klubi va Oʻzbek

Oʻtkir Yusupov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻtkir Yusupov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oʻtkir Davlatbekovich Yusupov
Tavallud sanasi 1991-yil 4-yanvar (1991-01-04) (35 yosh)
Tavallud joyi SayramQozogʻiston SSR
Boʻyi 1.85 cm (12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2010 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Mashʼal 4 (0)
2014—2015 Nasaf 18 (0)
2016—2017 Neftchi 38 (0)
2018—2019 Qoʻqon 1912 32 (0)
2019—2024 Navbahor 139 (0)
2024—2025 Foolad F.C. 29 (0)
2026— Navbahor 18 (0)
Milliy terma jamoa
2018— Oʻzbekiston 43 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 7-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 19-noyabr uchun)

Oʻtkir Yusupov (qozoqcha: Юсупов, Уткир Давлатбекович; 1991-yil 4-yanvar, Sayram, Qozogʻiston) – oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning Navbahor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. Oʻtkir uygʻur millatidan.

Futbolchilik faoliyati

U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan.

„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazgan.

2016-yilda „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzolagan va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini Fargʻona jamoasi tarkibida oʻtkazgan.

„Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga 2018-yilda qoʻshilgan. Bir mavsum davomida Qoʻqon jamoasida 32 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil 26-iyulda Eron Fors koʻrfazi Pro ligasi ishtirokchisi, Xuzistonning „Foolad“ jamoasiga 300 ming yevroga transfer qilingani eʼlon qilingan.

2026-yilgi mavsumda Timur Kapadze boshchiligidagi Navbahor klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati

2018-yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazgan.

Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi qaydnomasiga kiritilgan. 2023-yilgi Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan va 5 ta oʻyinda oʻynagan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Karyera statistikasi

Xalqaro

Oʻzbekiston terma jamoasi
YilIshtGol
201810
201900
202000
202110
202290
2023100
2024 6 0
Jami270

2023-yil 11-oktyabr holatiga koʻra

Yutuqlari

Klub

  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (1) 2015
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2022
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori