Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oybek Olimovich Bozorov (1997-yil 7-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Oybek Bozorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu maqola futbolchi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek Bozorov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oybek Olimovich Bozorov
Tavallud sanasi 1997-yil 8-iyul (1997-07-08) (28 yosh)
Tavallud joyi Koson Oʻzbekiston
Boʻyi 1.67 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2025 Nasaf 168 (23)
2026— Paxtakor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2019—2020 Oʻzbekiston U-23 9 (3)
2020— Oʻzbekiston 18 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oybek Olimovich Bozorov (1997-yil 7-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Faoliyati

Faoliyatini „Nasaf“ klubida boshlagan. Oʻzbekiston chempionatidagi debyut 2018-yilning 4-noyabr kuni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) boʻlgandi. Jamoa tarkibida chempionatning kumush medali sohibi (2020), Oʻzbekiston Kubogi sohibi (2021, 2022, 2023), Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2021) boʻldi va AFC Kubogi finaliga chiqdi (2021). Oʻzbekistonning 2021-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga loyiq koʻrildi.

2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston U-23 terma jamoasida oʻynagan. 2020-yilgi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2020-yilning 23-fevral kuni Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:1) maydonga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati

U 2020-yilning 23-fevralida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2020-yil 1 0
Jami 1 0

2020-yil 23-fevralda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
Yuqori