![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 2003-yil 28-aprel | ||
| Tavallud joyi | Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 170 cm (5 ft 7 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2020—2022 | Nasaf | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2022— | Nasaf | 40 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2021—2023 | Oʻzbekiston U-20 | 16 | (2) |
| 2023— | Oʻzbekiston U-23 | 4 | (0) |
| 2023— | Oʻzbekiston | 4 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 1-noyabr uchun) | |||
Zafarmurod Abdurahmatov (2003-yil 28-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek futbolchisi, Nasaf jamoasi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.
Biografiyasi
Zafarmurod Abdurahmatov 2003-yil 28-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.
Futbolchilik faoliyati
Zafarmurod Abdurahmatov — Nasaf futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi mavsumgacha Zafarmurod Abdurahmatov Nasaf U18 jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2021-yil 1-yanvardan Nasaf U21 jamoasiga koʻchib oʻtgan.
Nasaf
Zafarmurod Abdurahmatov 2022-yil 1-yanvardan Nasafning asosiy jamosida koʻrinish bera boshladi. Uning Nasaf jamoasi tarkibidagi dastlabki oʻyini 2022-yil 2-may kuni Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi bo‘ldi. O‘yinning 90-daqiqasida Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu oʻyin 0:1 hisobida Nasaf jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov umumiy hisobda 7 ta oʻyinda maydonga tushib 229 daqiqa maydonda harakat qilgan.
2023-yilgi mavsum
Zafarmurod Abdurahmatov 2023-yilgi mavsumda Nasaf jamosi safida Oʻzbekiston superligasida 4 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 249 daqiqa maydonda harakat qildi. 2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan soʻng transfer narxi 500 ming $ gacha koʻtarilgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Zafarmurod Abdurahmatov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan. Jumaladan Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23. Temur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston U19 jamoasida 2022-yil 8-sentyabr kuni Argentina U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. Ravshan Haydarov qoʻl ostida Oʻzbekiston U20 jamoasida 2023-yil 14-fevral kuni Tojikiston U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogida Oʻzbekiston U20 jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2022, 2023
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025
- 28-aprelda tugʻilganlar
- 2003-yilda tugʻilganlar
- Qamashi tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
