Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haq

Harry Potter

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Harry Potter
Muallif(lar) J. K. Rowling
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentezi
Nashr etilgan sanasi 26-iyun 1997  21-iyul 2007-yil
Nashriyot Bloomsbury Publishing (Birlashgan Qirollik)

Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.

Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi. Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.

Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.

Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.

Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.

"The Elephant House", a small, painted red café where Rowling wrote a few chapters of Harry Potter and the Philosopherʼs Stone.
"The Elephant House" — Edinburgdagi Rowling „Harry Potter“ni yozgan qaxvahona.
Yozuvchi — J. K. Rowling

Dastlabki yillar

Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.Poyezda u Germiona va Ron ismli bolalar bilan tanishadi va keyinchalik uchalasi juda yaqin do'st bo'lishadi.

Kitoblar

  • Harry Potter va hikmatlar toshi (1997)
  • Harry Potter va maxfiy hujra (1998)
  • Harry Potter va Azkaban mahbusi (1999)
  • Harry Potter va Alanga kubogi (2000)
  • Harry Potter va Feniks jamiyati (2003)
  • Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005)
  • Harry Potter va ajal tuhfalari (2007)

Adaptatsiyalar

Filmlar

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar)
Harry Potter va hikmatlar toshi 2001-yil 10-noyabr Chris Columbus Steve Kloves David Heyman
Harry Potter va maxfiy hujra 2002-yil 15-noyabr
Harry Potter va Azkaban mahbusi 2004-yil 31-may Alfonso Cuarón David Heyman, Chris Columbus va Mark Radcliffe
Harry Potter va Alanga kubogi 2005-yil 18-noyabr Mike Newell David Heyman
Harry Potter va Feniks jamiyati 2007-yil 11-iyul David Yates Michael Goldenberg David Heyman va David Barron
Harry Potter va tilsim shahzodasi 2009-yil 15-iyul Steve Kloves
Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism 2010-yil 19-noyabr David Heyman, David Barron va J. K. Rowling
Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism 2011-yil 15-iyul

Spin-off filmlar

Fantastik maxluqlar filmlari

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar) Status
Fantastik maxluqlar 2016-yil 18-noyabr David Yates J. K. Rowling David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves va Lionel Wigram Chiqarilgan
Fantastik maxluqlar: Grindelwaldning jinoyati 2018-yil 16-noyabr
Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore 2022-yil 8-aprel Steve Kloves va J. K. Rowling David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves, Lionel Wigram va Tim Lewis Tugallangan
Nomsiz 4- va 5-Fantastik maxluqlar filmlari Nomaʼlum Suratga olinish ishlarida

Adabiyotlar

Yuqori