Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev — 1969-yil 7-avgustda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tugʼilgan. Olim-agronom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professo

Shuhrat Teshayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuhrat Teshayev
Шуҳрат Тешаев
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2012  2014
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri
Mansab davri
2014  2016
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zafar Roʻziyev
Vorisi Zoir Mirzayev
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri oʻrinbosari
Mansab davri
2016  2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar
Mansab davri
2018  2019-yil 26-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
2019  2022-yil 5-sentyabr
Mukofotlari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi

Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev — 1969-yil 7-avgustda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tugʼilgan. Olim-agronom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 1993-yil Toshkent agrar universitetini tugatgan, Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Olim-agronom.

Faoliyati

1993–1996-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti;

1996–1997-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limi kichik ilmiy xodimi;

1997–1999-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi;

1999–2002-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh rahbarining birinchi o‘rinbosari;

2002–2003-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limining katta ilmiy xodimi;

2003–2006-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘simliklar fiziologiyasi bo‘limi rahbari;

2006–2010-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti bosh rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

2010–2012-yillarda “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori;

2012–2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

2014–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri;

2016–2018-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori;

2018–2019-yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida xizmat qilgan.

2019-yil 26-fevraldan 2022-yil sentyabrigacha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi.

2022-yil 5-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tanqidlaridan keyin Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Lekin yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.

2021-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Prezdenti Shuhrat Teshayevga „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi“ faxriy unvoni bilan mukofotladi

Yuqori