Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sportda ijara termini (maʼlum bir oʻrinlarda qarz yoki kredit) maʼlum bir oʻyinchini vaqtincha oʻzi bilan shartnoma tuzgan klubdan boshqa klubda oʻynay olishini

Ijara (sport)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Futbolchi Andros Townsend „Tottenham“ klubi tomonidan 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan turlli davrida toʻqqizta alohida klubga ijaraga berilgan.

Sportda ijara termini (maʼlum bir oʻrinlarda qarz yoki kredit) maʼlum bir oʻyinchini vaqtincha oʻzi bilan shartnoma tuzgan klubdan boshqa klubda oʻynay olishini oʻz ichiga oladi. Ijara bitimlari bir necha haftadan to toʻliq mavsumgacha davom etishi mumkin (baʼzida bir vaqtning oʻzida bir nechta mavsum davom etishi ham mumkin). Ijara shartnomasida, futbolchining oʻzi oʻynaydigan asosiy klubi tomonidan ijara muddatiga mos narx belgilshi, shuningdek, ijaraga oluvchi klubdan futbolchining maʼlum bir foiz ish haqini toʻlashni soʻrashi mumkin.

Futbol

Futbolchilar bir necha sabablarga koʻra boshqa klublarga ijaraga berilishi mumkin. Odatda, yosh istiqbolli futbolchilar bebaho oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun asosiy jamoasi (shartnomadagi) tomonidan quyi ligadagi klublarga ijaraga beriladi. Bunday holda, futbolchining huquqlariga egalik qiladigan dastlabki jamoa futbolchining maoshini toʻliq yoki qisman toʻlashda davom etishi mumkin.

Ijaraga oluvchi klub jamoadagi jarohatlar yoki diskvalifikatsiyalar oʻrnini vaqtinchalik xolatlarda berkistish uchun, shuningdek, jamoada transfer mablagʻlari kam boʻlsa-da bunday transferlarni amalga oshirish uchun futbolchining maoshini ham toʻlashi mumkin. Futbolchining shartnomasidagi asosiy klubi ijara uchun toʻlov talab qilishi yoki ijaraga olgan klub oʻyinchining ijara muddati davomida maoshining bir qismini yoki hammasini toʻlashini talab qilishi mumkin.

Futbolchining Ijara shartlari baʼzan transfer oynasini aylanib oʻtish (belgilangan taqiqlarga uchramaslik uchun) uchun ham ijaraga berilishi mumkin. Bunday ijara shartlarida keyingi transfer oynasi ochilgan davrda doimiy transfer uchun kelishilgan toʻlovni oʻz ichiga olishi mumkin.

Ang;iya Premyer-ligasida ijaraga olingan oʻyinchilarga oʻzining asosiy jamoasiga qarshi oʻynashga ruxsat berilmaydi (M.6-qoidasining 7.2-boʻlimi).

Yuqori