Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Andros Darryl Townsend (1991-yil 16-iyulda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Tailandning Tay birinchi ligasi chempionatida ishtirok etuvchi „Kanchanaburi Power

Andros Townsend

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andros Townsend
Townsend Everton tarkibida (2021-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andros Darryl Townsend
Tavallud sanasi 1991-yil 16-iyul (1991-07-16) (34 yosh)
Tavallud joyi Leytonstone, London, Angliya
Boʻyi 5 fut 11 inches (1.81 m)
Ampluasi Oʻng qanot vingeri
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kanchanaburi Power
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2009 Tottenham Hotspur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2016 Tottenham Hotspur 50 (3)
2009   Yeovil Town 10 (1)
2009   Leyton Orient 22 (2)
2010   Milton Keynes Dons 9 (2)
2010   Ipswich Town 13 (1)
2011   Watford 3 (0)
2011   Millwall 11 (2)
2012   Leeds United 6 (1)
2012   Birmingham City 15 (0)
2013   Queens Park Rangers 12 (2)
2016 Newcastle United 13 (4)
2016—2021 Crystal Palace 168 (13)
2021—2023 Everton 21 (3)
2023—2024 Luton Town 28 (1)
2024—2025 Antalyaspor 18 (0)
2025— Kanchanaburi Power 0 (0)
Milliy terma jamoa
2006—2007 Angliya U16 3 (0)
2007—2008 Angliya U17 6 (2)
2009—2010 Angliya U19 6 (0)
2012—2013 Angliya U21 3 (0)
2013—2016 Angliya 13 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 10-mart uchun)

Andros Darryl Townsend (1991-yil 16-iyulda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Tailandning Tay birinchi ligasi chempionatida ishtirok etuvchi „Kanchanaburi Power“ jamoasida oʻng qanot vingeri sifatida faoliyat olib boradi.

Tottenham Hotspur akademiyasini bitirgan Townsend, 2012-yil sentyabrda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazishidan avval, bir necha Angliya birinchi ligasi va Chempionship turniridagi ishtirokhi jamoalarida ijara asosida oʻynagan. Bu davrda Tottenhamdagi faoliyatida tarkibdagi raqobat sabab oz oʻyinlarda maydonga tushgan. 2013-yil Premyer-liganing Queens Park Rangers jamoasida yarim mavsumlik ijara muddatini oʻtagach, Townsend 2013—2015-yillarda Tottenhamning asosiy tarkibida mustahkam oʻrin egallagan. 2015-16-yilgi mavsumda avvalida jamoani tark etgan va Newcastle United klubida qisqa muddat toʻp surgan. 2016-yil yozida Crystal Palace jamoasiga oʻtgan. Palace safida besh yil oʻynagan. 2021-yilda Everton jamoasi bilan shartnoma imzolagan, biroq 2022-yilda olgan uzoq muddatli jarohat uning bu jamoadagi faoliyatiga toʻsqinlik qilgan. 2023-yilda Everton klubi bilan shartnomani yakunlagach, Luton Town jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Townsend 2013-yil 11-oktyabrda Angliya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushgab. Andros kattalar terma jamoasida jami 13 marta ishtirok etib, uch gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

Townsend Buyuk Londonning Leytonstoun shahrida tugʻilgan. U Troy Townsendning oʻgʻli boʻlib, otasi „Kick It Out“ tashkilotining rivojlanish boʻlimi boshligʻi hisoblanadi. Townsendning otasi Yamayka, onasi esa Kipr yunonlari millatiga mansub. U Chingfordda ulgʻaygan va bolaligidan „Tottenham“ jamoasining ashaddiy muxlisi boʻlgan. Townsend Rush Croft sport kollejida taʼlim olgan. Andros 10 yoshida boʻlganida, 18 yoshli oʻgay akasi Kurtis avtohalokatda halok boʻlgan. Uning amakivachchalaridan biri – Colin Kazim-Richards ham professional futbolchi boʻlgan.

Townsend „Tottenham“ning boshqa yosh futbolchilari bilan birga kiyinish xonasida Ben E. Kingning „Stand By Me“ qoʻshigʻini kuylagan video internetda keng tarqalib, mashhur boʻlib ketgan.

Townsend 2019-yil dekabr oyidagi suhbatda oʻzining qimor oʻyinlariga mukkasidan ketganini va futbolga onlayn pul tikishga majbur boʻlganini tan olgan. U 2012-yilda Birmingem uchun pley-off oʻyinidan oldingi kechada bitta garovga 46 000 funt sterling tikib, hammasini yoʻqotgan. Futbol assotsiatsiyasining qimor oʻyinlariga oid qoidalarini buzgani uchun jazolanganidan soʻng, u maslahatchilar yordamiga murojaat qilgan. 2023-yil noyabrida „Luton Taun“ bilan qisqa muddatli shartnoma tuzgan Taunsend oʻzining jismoniy holatini yaxshilash va sportdagi faoliyatini uzaytirish ustida ishlayotganini maʼlum qilgan. U umumiy jismoniy holatini oshirish maqsadida kollagenga boy boʻlgan tovuq oyoqlarini isteʼmol qilayotganini alohida taʼkidlagan. Shuningdek, Townsend 2022-yilgi Jahon chempionati va Yevro-2024 musobaqalari davomida ITV telekanali uchun sharh beruvchi va hamsharhlovchi sifatida faoliyat yuritdi.

Yutuqlari

Tottenham Hotspur
  • Futbol ligasi kubogi sovrindori: 2014–15
Angliya U19 terma jamoasi
  • UEFA 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2009

Shaxsiy yutuqlar

  • Premer-liga oyning eng chiroyli goli: 2017-yil mart, 2018-yil dekabr, 2021-yil sentyabr
  • Premer-liga mavsumning eng ajoyib goli: 2018–19
  • London futbol mukofotlari mavsumning eng zoʻr goli: 2019
Yuqori