Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Stephen William Hawking (talaffuzi: Stiven Uilyam Hoking; 8-yanvar 1942 — 14-mart 2018) ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchi va Kembrij universiteti

Stephen Hawking

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stephen Hawking
Tavalludi 8-yanvar 1942-yil
Oksford
Vafoti 14-mart 2018-yil(2018-03-14)
(76 yoshda)
Kembrij
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Sohasi
  • Umumiy nisbiylik nazariyasi
  • Kvant gravitatsiyasi
Taʼlimi Oksford universiteti
Kembrij universiteti
Akademik rahbarlari Dennis Sciama
Mashhur ishlari
  • Hawking nurlanishi
  • Penrose–Hawking singularlik teoremalari
  • Bekenstein–Hawking formulasi
  • Hawking energiyasi
  • Gibbons–Hawking anzatsi
  • Gibbons–Hawking samarasi
  • Gibbons–Hawking fazosi
  • Gibbons–Hawking–York chegarasi
  • Thorne–Hawking–Preskill garovi
Mukofotlari
  • Adams mukofoti (1966)
  • Eddington medali (1975)
  • Maxwell medali (1976)
  • Heineman sovrini (1976)
  • Hughes medali (1976)
  • Albert Einstein mukofoti (1978)
  • Qirollik astronomiya jamiyati oltin medali (1985)
  • Dirac medali (1987)
  • Wolf sovrini (1988)
  • Asturiya shahzodasi mukofoti (1989)
  • Andrew Gemant mukofoti (1998)
  • Naylor sovrini (1999)
  • Lilienfeld sovrini (1999)
  • Albert medali (1999)
  • Copley medali (2006)
  • Ozodlik medali (2009)
  • Fundamental fizikada kashfiyot medali (2012)
  • BBVA jamgʻarmasi bilim fronti medali (2015)

Stephen William Hawking (talaffuzi: Stiven Uilyam Hoking; 8-yanvar 1942 — 14-mart 2018) ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchi va Kembrij universiteti Nazariy kosmologiya markazi tadqiqot direktori boʻlgan. Ilmiy ishlari sirasiga Roger Penrose bilan birga kashf etgan gravitatsiya singularligi teoremalari hamda qora tuynuk nurlanishi (Hawking nurlanishi) hodisasining matematik asosi (prognozi) kiradi. Hawking birinchi boʻlib kosmologiyani umumiy nisbiylik nazariyasi va kvant mexanika bilan izohlovchi nazariya qurishni taklif etdi. U kvant mexanikaning koʻp olamlar talqini tarafdori edi.

Bundan tashqari, Hawking Qirollik sanʼat jamiyati va Rim papasi fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan, Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti tomonidan Ozodlik medali bilan taqdirlangan. 2002-yilda BBC oʻtkazgan „100 eng buyuk britaniyalik“ soʻrovida 25-oʻrin olgan. 1979—2009-yillar orasida ilmiy-ommabop kitoblar yozgan. Ayniqsa uning „A Brief History of Time“ kitobi bir necha bor bestseller boʻlgan.

Hawking kam uchrovchi motor neyron kasalligi bilan ogʻrigan (bu kasallik biqin amiotrofik sklerozi va Lou Gehrig kasalligi nomlari bilan ham maʼlum), shu sababli umrining oxirigacha falaj yashadi. Falajlik ortidan gapirish qobiliyatini yoʻqotgach, u faqatgina nutq sintezatori orqali aloqa qila olar edi. Hawking 2018-yil 14-martida 76 yoshda vafot etdi.

Yuqori