| Gaziantep | ||||
![]() | ||||
| Toʻliq nomi | Gaziantep Futbol Kulübü A.Ş. | |||
| Laqabi | Şahinler (Lochinlar) | |||
| Qisqa nomi | GFK | |||
| Asos solingan | 1988 (Sankospor sifatida) 1999 (Gaziantep Büyükşehir Belediyespor sifatida) 2017 (Gazişehir Gaziantep Futbol Kulübü sifatida) 2019 (Gaziantep Futbol Kulübü sifatida) | |||
| Stadion | Gaziantep stadioni | |||
| Murabbiyi | Burak Yılmaz | |||
| Musobaqasi | ||||
| Mavsumi | ||||
| ||||
Gaziantep Futbol Kulübü – Gaziantep shahrida joylashgan Turkiya professional futbol klubi. 1988-yilda tashkil etilgan klub Turkiya futbolining eng yuqori divizioni – Superligada ishtirok etadi.
Klub 1988-yilda „Sankospor“ nomi bilan tashkil etilgan va 1993-yilgacha havaskorlar darajasida musobaqalarda qatnashgan. Ular 2019-yilda Superligaga koʻtarilgunga qadar Turkiya uchinchi ligasi va birinchi ligasi orasidagi divizionlarda ishtirok etishgan. 2020–21 Superliga mavsumida klub 17-haftada turnir jadvalida peshqadamlikka koʻtarildi va bu oʻrinni Beshtosh jamoasi oʻzib ketgunga qadar bir hafta davomida egallab turdi.
Tarixi
Klub 1988-yilda Gaziantepda joylashgan „Sanko Holding A.Ş.“ sanoat kompaniyalari guruhi qoshida havaskor darajada Sankospor nomi bilan tashkil etilgan. Klubning ilk ranglari koʻk va oq boʻlgan. Jamoa 1993–94-yilgi mavsumdan boshlab TFF uchinchi ligasida qatnasha boshladi. Uchinchi ligada jamoa professional ligalardagi ilk oʻyinini 1993-yil 26-sentabrda Gaziantepning boshqa bir klubi – „İslahiyespor“ga qarshi oʻtkazdi va oʻyin nursiz durang (0:0) bilan yakunlandi. Jami 34 oʻyinda 27 ta gʻalaba bilan 85 ochko jamlagan jamoa 1996–97-yilgi mavsumda 3-guruhda gʻolib chiqdi va eng yaqin taʼqibchisi „Kilis Belediyespor“dan 17 ochko oldinga oʻtib, TFF ikkinchi ligasiga yoʻllanma oldi.
1999–2000-yilgi mavsum boshida klub nomi Gaziantep Büyükşehir Belediyespor deb oʻzgartirildi. Klub 2004–05-yilgi mavsumda TFF ikkinchi ligasining „C“ guruhi chempioni boʻldi. Jamoa 34 ta oʻyindan 22 tasida gʻalaba qozonib, 73 ochko jamlagan holda 90 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Klub ilk marta 2010–11-yilgi mavsumda TFF birinchi ligasi pley-off bosqichiga chiqdi va unda Ordusporga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu mavsumning oʻzida Gaziantep Turkiya kubogining chorak finaliga qadar yetib bordi va umumiy hisobda Beshtosh jamoasiga 0:8 (0:5 va 0:3) hisobida magʻlub boʻldi.

2017-yil 15-iyunda boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishdan soʻng klub nomi uchinchi marta Gazişehir Gaziantep Futbol Kulübü deb oʻzgartirildi. Klub ushbu nom ostida ikki mavsum davomida TFF birinchi ligasida ishtirok etdi. Jamoa ketma-ket ikki mavsum – 2017–18-yilgi mavsumda Erkan Sözeri boshqaruvida va 2018–19-yilgi mavsumda Mehmet Altıparmak murabbiyligida pley-off bosqichiga chiqdi. 2017–18-yilgi mavsumda klub pley-off finalida penaltilar seriyasiga koʻra 4:5 hisobida Erzurum jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
2018–19-yilgi mavsumda klub pley-off finalida Hatayspor ustidan penaltilar seriyasida 5:3 hisobida gʻalaba qozondi va Superligaga yoʻllanma oldi. Shunday qilib, „Gazişehir Gaziantep“ – „Gaziantepspor“dan keyin Gaziantep shahri tarixida Superligada ishtirok etgan ikkinchi jamoaga aylandi.

Superligaga koʻtarilgach, klub 2019-yil 13-iyun kuni Marius Șumudică bilan bir mavsumlik (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) shartnoma imzolanganini va u bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qildi.2019–20 Superliga mavsumining 1-turida, 2019-yil 19-avgust kuni klub Superligadagi debyutini safarda Fenerbahçega qarshi Shukru Sarachoʻgʻlu stadionida oʻtkazdi va 0:5 hisobida magʻlub boʻldi. Keyingi turda, 2019-yil 26-avgust kuni ular Gençlerbirliği ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, Superligadagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishdi. Klubning Superliga darajasidagi ilk goliga Olarenwaju Kayode mualliflik qildi. 2019-yil oktyabr oyida klub nomi yana bir bor oʻzgartirilib, Gaziantep Futbol Kulübü deb atala boshlandi. 2019-yil 28-oktyabrda klub murabbiy Shumudika bilan shartnoma 2021-yilgacha uzaytirilganini eʼlon qildi. Klub 2019–20-yilgi mavsumni turnir jadvalida 8-oʻrinda yakunladi.
2020–21-yilgi mavsumning 17-haftasida, 2021-yil 5-yanvar kuni „Ankaragücü“ jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, 31 ochko jamlagan Gaziantep FK, Beshtoshdan bitta koʻp oʻyin oʻtkazgan holda Superliga turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarildi. Mavsumning birinchi haftasida „Galatasaray“ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan soʻng, jamoa 15 hafta davomida magʻlubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi va nihoyat 2021-yil 9-yanvarda „Sivasspor“ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Klub rahbariyati va Shumudika oʻrtasidagi shartnomani uzaytirish boʻyicha uzoq davom etgan ziddiyatli munozaralardan soʻng, klub 2021-yil 11-yanvarda rumin murabbiyini lavozimidan ozod qildi. 2021-yil 20-yanvarda klub Portugaliya terma jamoasining sobiq aʼzosi Ricardo Sá Pinto bilan ikki yarim mavsumlik (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) shartnoma imzoladi. Sa Pinto boshqaruvida 21 ta rasmiy oʻyinda 6 ta gʻalaba va 6 ta durang qayd etib, mavsumni 9-oʻrinda yakunlagach, tomonlar mavsum oxirida shartnomani oʻzaro kelishuv asosida bekor qilishga kelishib oldilar. Klub 2021-yil 20-may kuni Erol Bulut bilan kelishuvga erishilganini eʼlon qildi.
2023-yilgi Turkiya-Suriya zilzilasidan soʻng, klub 2023-yil 11-fevralda 2022–23-yilgi mavsumdan chiqishini eʼlon qildi. Musobaqadan chiqish holatlari inobatga olingan holda, ularga 2023–24-yilgi mavsumda yana ligaga qaytishga ruxsat berildi.
Stadion
| # | Stadium | Capacity | Years |
|---|---|---|---|
| 1 | Kamil Ocak Stadioni | 16,981 | 1993–2000 |
| 2 | GASKİ Stadioni | 1,250 | 2000–2005 |
| 3 | Kamil Ocak Stadioni | 16,981 | 2005–2017 |
| 4 | Gaziantep Stadioni | 30,320 | 2017– |
1993-yilda TFF Uchinchi ligasiga chiqqanidan beri, „Gaziantep FK“ Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) tomonidan boshqariladigan professional ligalarda ishtirok etib kelmoqda. Uchinchi divizionda oʻynagan davrida, klub 1993-yildan 2000-yilgacha uy uchrashuvlarini „Gaziantepspor“ bilan birga Kamil Ocak stadionida oʻtkazgan. Professional ligalardagi ilk uy uchrashuvini 1993-yil 3-oktyabrda, 1993–94-yilgi mavsumning 2-turida „Adana Polisgücü“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan va 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Yutuqlari
- Sankospor
- TFF Uchinchi ligasi
- Gʻolib: 1996–97 (3-guruh)
- Gaziantep Büyükşehir Belediyespor
- TFF Ikkinchi ligasi
- Gʻolib: 2004–05 (C guruhi)
- Gazişehir Gaziantep
- TFF Birinchi ligasi
- Pley-off gʻolibi: 2018–19
Soʻnggi mavsumlar
| Mavsum | Liga | Ichki kubok | Kontinental | Boshqa | Eng yaxshi toʻpurar(lar) | Man. | ||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | O'rin | O' | G' | Dur | M | UG | O'G | O | Musobaqa | Natija | Musobaqa | Natija | Musobaqa | Natija | Ismi | Gollar | ||
| 2010–11 | TFF Birinchi ligasi | 3-o'rin | 32 | 16 | 9 | 7 | 43 | 26 | 57 | Turkiya kubogi | Chorak final | — | — | Serdar Deliktaş | 16 | |||
| 2011–12 | 14-o'rin | 34 | 9 | 13 | 12 | 36 | 37 | 40 | 3-raund | Ramazan Altıntepe | 8 | |||||||
| 2012–13 | 13-o'rin | 34 | 11 | 8 | 15 | 37 | 43 | 41 | 4-raund | Serdar Deliktaş | 12 | |||||||
| 2013–14 | 14-o'rin | 36 | 10 | 11 | 15 | 30 | 37 | 41 | 13 | |||||||||
| 2014–15 | 13-o'rin | 34 | 10 | 11 | 13 | 38 | 47 | 41 | Guruh bosqichi | Alanzinho | 5 | |||||||
| 2015–16 | 8-o'rin | 34 | 11 | 15 | 8 | 38 | 33 | 48 | 2-raund | Nemanja Kojić | 9 | |||||||
| 2016–17 | 13-o'rin | 34 | 9 | 10 | 15 | 37 | 46 | 37 | 3-raund | Muhammet Reis | 10 | |||||||
| 2017–18 | 6-o'rin | 34 | 15 | 8 | 11 | 57 | 38 | 53 | Özgür Can Özcan | 14 | ||||||||
| 2018–19 | 5-o'rin | 34 | 17 | 8 | 9 | 61 | 30 | 59 | Pley-off | Gʻolib | Gökhan Alsan | 10 | ||||||
| 2019–20 | Süper Lig | 8-o'rin | 34 | 11 | 13 | 10 | 49 | 50 | 46 | 5-raund | — | Olarenwaju Kayode | 10 | |||||
| 2020–21 | Süper Lig | 9-o'rin | 40 | 15 | 13 | 12 | 59 | 51 | 58 | Nimchorak final | Muhammet Demir | 17 | ||||||
Futbolchilar
Joriy tarkib
- 12-sentyabr, 2025-yil
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Klub rasmiylari
| Lavozimi | Mas’ul |
|---|---|
| Prezident | |
| Sport direktori | |
| Bosh murabbiy | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Darvozabonlar murabbiyi | |
| Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy | |
| Oʻyin tahlilchisi | |
| OAV va aloqalar koordinatori | |
| Klub shifokori | |
| Fizioterapevt | |
| Massajchi | |
| Tarjimon | |
| Ekipirovka boʻyicha mas’ul | |
| Maʼmur | |
| Psixolog |
- Gaziantep F.K.
- Turkiya futbol klublari
- 1988-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- 1988-yilda Turkiyada tashkil etilgan muassasalar
- Turkiya Superligasi klublari