
Vaxsh trakti yoki Vaxsh GESlar kaskadi – Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan yirik gidroelektr stansiyalar majmui. Vaxsh daryosida joylashgan. „Barqi Tojik“ OAXK tomonidan egalik qilinadi (Sangtoʻda GES-1 va Sangtoʻda GES-2dan tashqari).
Tavsifi
GES majmui Vaxsh daryosining quyi oqimida, asosan Xatlon viloyati hududida joylashgan. Loyihaga koʻra traktda 9 ta GESni oʻz ichiga oladi. Kaskad sakkizta faoliyat yuritayotgan hamda bitta loyihalashtirilayotgan (Shoʻrob GES) gidroelektr stansiyalardan iborat. Sharshara va Markaziy GESlar (traktning quyi pogʻonasi) Sarband GESdan tushadigan suvdan hosil boʻladigan RK46 deb nomlanadigan bosh kanaldan suv oladi.
Hozirda faoliyat yuritayotgan stansiyalarning umumiy quvvati 4 775 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 20 mlrd kVt*soat. Loyiha toʻliq amalga oshirilganda quvvati 9195 Mvt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 37 mlrd kVt*soat ga yetadi.
Trakt tarkibidagi stansiyalar (oqim boʻylab joylashuviga koʻra):
| GES nomi | Oʻrnatilgan quvvati, MVt | Oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi mrld kVt*soat | Maqomi |
|---|---|---|---|
| Rogʻun GES | 3600 | 13,1 | 2018-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Shoʻrob GES | (850) | (3,0) | Loyihalashtirilayotgan |
| Norak ges | 3000 | 11,2 | 1972-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Boygʻozi GES | 600 | 2,5 | 1986-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Sangtoʻda GES-1 | 670 | 2,7 | 2008-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Sangtoʻda GES-2 | 220 | 0,9 | 2011-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Sarband GES | 240 | 1,3 | 1962-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Sharshara GES | 29,5 | 0,22 | 1958-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
| Markaziy GES | 15,1 | 0,11 | 1964-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Adabiyotlar
- Александров А. Гигант на Вахше // «Наука и жизнь» : журнал. — 1972. — Dekabr. — С. 65—69. 6 mart 2017 года.
- Tojikiston gidroelektr stansiyalari
- Barqi Tojik
- GES kaskadlari
- SSSR gidroelektr stansiyalari